2-sinf Ona tili va o'qish fanidan Shippak hikoyasi mavzuda dars ishlanma

2-sinf Ona tili va o'qish fanidan Shippak hikoyasi mavzuda dars ishlanma

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
2-sinf Ona tili va o'qish fanidan Shippak hikoyasi mavzuda dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Buxoro viloyat Kogon tumani 15-umumta'lim maktabning boshlang'ich sinf o'qituvchisi Husenova Dilfuza Samatovna 2-sinf ona tili va o'qish savodxonligi Mavzu : Shippak hikoyasi Mavzu: Shippak hikoyasi Mavzu: Shippak hikoyasi Firdavs asli yomon bola emas. Biroq sal uyquchi . Doim darsga kech qoladi. U hozir ikkinchi sinfda o'qiydi . Ammo shu vaqtgacha biror marta o'zi uyg'onmagan . Har kuni ertalab oyisi : -Firdavs , bo'laqol , o'g'lim,tong otdi, maktabingga kech qolma , - deydi . Firdavs esa: -Xo'p , hozir ,- deydi-yu, aqalli boshidagi ko'rpani ochmaydi . Keyin buvisi chaqiradi : -Firdavs ,turaqol, toychog'im, Malika allaqachon qiyinib bo'ldi.Tag'in sinfga ustozingdan ham keyin kirib borma ,uyat bo'ladi . -Xo'p buvi, hozir, - deydi Firdavs javon ustidagi soatga ko'z tashlab … Bugun ham shunday bo'ldi . Unga oyisi va buvisining gaplari kor qilmadi . So'ng eshik tagida dadasining momaqaldiroqday ovozi jarangladi . Ana shunda Firdavsing ko'zi moshday ochilib , o'rnidan sakrab turdi . Nonushta qilish uchun dasturxon yoniga kelganida Rustam amakisining qizi Malika nonushtani tugatib , o'rnidan turayotgan edi . - Bo'laqol , amaking ham ishga kech qolmasin,- dedi oyisi o'g'liga quyilgan shirin choyni piyoladan piyolaga shopirarkan. - Xo'p , hozir . Tashqaridan amakisining ovozi eshitildi. -Firdavs ketdikmi ? -Ha, ketyapman.- Firdavs sumkasini yelkasiga ilgancha mashinaga qarab yugurdi . Xayriyat , -dedi buvisi. - Bugun sal barvaqroq ketishdi , Xudo xoxlasa , darsga vaqtida ulguradi. Savol -javob 1.Firdavs qanday bola? 2.Malika Firdavsga kim bo'ladi ? 3.Firdavsning oilasini qanday tasavvur qildingiz? Sizningcha , bu xonadonda nechta odam yashaydi va ular kim ? ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.95 MB
Ko'rishlar soni 1158 marta
Ko'chirishlar soni 195 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:26 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.95 MB
Ko'rishlar soni 1158 marta
Ko'chirishlar soni 195 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga