4-dars 4-MAVZU: SERQUYOSH, HUR O'LKA Aqlni charxlash uchun savol va topshiriqlar 1. Nima uchun O'zbekistonni serquyosh o'lka deb ataymiz? 2. Mamlakatimiz madhiyasidagi «Serquyosh, hur o'lkam» degan so'zlar nimani bildiradi? 3. Hurlik insonga nima beradi? 4. «Mustaqillik» va «hurlik» so'zlarini nima bog'lab turadi? 5. Siz qachon mustaqil faoliyat ko'rsata olishingiz mumkin? Dunyodagi mening makonim 1-qadam. Sirkul yordamida qog'ozlarga turli o'lchamdagi doira shakllarini chizing. Doiralarning o'lchami kat-talashib borishi zarur; 2-qadam. Doiralarni qaychi yordamida ehtiyotkorlik bilan qirqib oling; 3-qadam. Eng katta doirani «Ona Yer», kichikrog'ini «Mening Vatanim», undan kichikrog'ini «Mening shahrim (tumanim)», undan-da kichikrog'ini «Mening mahal-lam», eng kichigini «Mening uyim» deb nomlang; 4-qadam. Doiralar ichida nimani tasvirlagan bo'lardingiz? Tasavvuringizni doi-ralar ichiga tushiring; 5-qadam. Har bir doiraning nomini yarimoy shaklida pastki qismiga yozib chiqing; 6-qadam. Eng katta doiradan boshlab, ustma-ust qilib taxlang. Doiralarning nomi ko'rinib tursin; 7-qadam. Har bir doiraning yuqorisini qalam bilan belgilang. Birlashtirish uchun kichik teshik hosil qiling va shu yerdan ip yoki halqa o'tkazib birlashtiring; 8-qadam. Ularni aylantirib ochib ko'ring. Bu suvenirni kimgadir sovg'a qilishingiz mumkin; 9-qadam. «Oila - Vatan ichidagi Vatan» degan hikmatni bu doirachalar bilan bog'lab tushuntirishga harakat qiling. Eslatma: doirachalarning orqa tarafiga rasm bilan bog'liq hik-matli so'zlarni yozishingiz ham mumkin. Bunda, albatta, kattalar-dan yordam so'rang. Quyidagi savollarga kattalar yordamida javob izlab ko'ring. 1. Sayyoramiz oldida bizning qanday burchlarimiz bor? 2. Inson Vatani uchun qanday yaxshi ishlar qila oladi? 3. Viloyat va shahrimiz tinchligi uchun nima-lar qilishimiz mumkin? 4. Ona qishlog'imiz, mahallamizni qanday asrab-avaylashimiz mumkin? 5. Oilamiz baxti uchun qanday hissa qo'sha olamiz? Maqolni o'qing va berilgan topshiriqlarni bajaring. ...

Joylangan
18 Oct 2022 | 15:24:17
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
5.53 MB
Ko'rishlar soni
493 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:31
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
18 Oct 2022 [ 15:24 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
5.53 MB
Ko'rishlar soni
493 marta
Ko'chirishlar soni
75 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:31 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan