Navoiy viloyati Qiziltepa tuman 42-sonli maktab boshlang'ich sinf o'qituvchisi Sharipova Sohibaning 2-sinf ona tili fanidan Bo'g'in va uning ahamiyati Mavzusida tayyorlagan ochiq dars ishlanmasi Ona tili darsimizga xush kelibsizlar! Dars shiori: Tilga ixtiyorsiz - elga e'tiborsiz. 1989 yil 21-oktabr o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun Har so'zda ilohiylik bor, Haq allohdan bir vahiylik bor, Bag'ri kenglik, zo'r sahiylik bor Imonimsan , O'zbek tilim, o'zbek tilim. Ona tili - ko'z ochgan buloq Allasiga duosi qo'shilgan , Lafzlariga shifo qo'shilgan, Ezgu talab-nido qo'shilgan, Senda-hayot, O'zbek tilim, o'zbek tilim. Ona tili - inson qalbidagi nur, Ona tili - also so'lmaydigan gul. Ona tili - dengizdagi dur, Ona tili - qalblar go'zalligidir. Ona tili - vafo sadoqat, Ona tili - mehr-muhabbat, Ona tili - odobu axloq, O'zbekiston Respublikasining davlat tili o'zbek tilidir. 1989-yil 21- oktabrda Davlat tili to'g'risidagi Qonun qabul qilindi. Ushbu qonun milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish uchun juda katta imkoniyatlar berdi. O'zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog'i, gerbi, madhiyasi qatorida turadigan, qonun yo'li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollaridan biriga aylandi.O'tgan davr mobaynida davlat tilining hayotimizdagi o'rni va ta'sirini kuchaytirish yo'lida g'oyat ulkan ishlar amalga oshirildi. Istiqlol yillarida o'zbek tilining qo'llanish doirasi nihoyatda kengaygani, uning xalqaro miqyosda ham muloqot vositasiga aylanib borayotgani juda quvonarlidir. Tilga e'tibor - elga e'tibor, deydilar. (Islom Karimov. Yuksak ma'naviyat - yengilmas kuch asaridan) O'tgan mavzuni so'rash 1. o' unlisi qaysi so'zlarda kengroq talaffuz qilinadi? A.bo'ri, qo'ri, xo'roz, ro'mol B.ko'l, o's, cho'l, jo'ra, mo'tabar C.ko'l, o's, qo'ri, xo'roz D.bo'ri, qo'ri, jo'ra, mo'tabar Test sinovi 2. Qaysi so'zlarda ...

Joylangan
04 Nov 2022 | 23:28:19
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
8.48 MB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:25
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
04 Nov 2022 [ 23:28 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
8.48 MB
Ko'rishlar soni
273 marta
Ko'chirishlar soni
33 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:25 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan