5-sinf Tarix fanidan Dunyoning eng qiziq muzeylari dars taqdimoti

5-sinf Tarix fanidan Dunyoning eng qiziq muzeylari dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 1-5 Sinf Dars ishlanmalar
5-sinf Tarix fanidan Dunyoning eng qiziq muzeylari dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Vasa muzeyi, Titanik muzeyi

Mavzu: Dunyoning eng qiziq muzeylar Reja: 1. Vasa muzeyi. 2. titanik muzeyi. Vasa Muzeyi. Shimoliy Yevropada joylashgan Shvetsiya qirolligining poytaxti Stokgolm shahri. Umumiy maydoni 449964 kvadrat kilometr, aholisi 9 milliondan ziyodroq mamlakatda yog'ochni qayta ishlash, sellyuloza-qog'oz sanoati, metallurgiya, gidroenergetika, avtomobilsozlik yaxshi rivojlangan. Zamonaviy ilm-fan yutuqlarining markazi hisoblanmish Shvetsiya qadimgi harbiy kemalari bilan ham dunyoga mashhur. Ulardan biri Vasa kemasi bo'lib, hozirda shu nomdagi muzeyda saqlanmoqda. Vasa - bizgacha yetib kelgan XVII asrga oid yagona harbiy kemadir. Qolaversa, kemaning 95 foizga yaqin birlamchi konstruksiya elementlari va yog'och haykalchalari yaxshi saqlangan. Bugungi kunda Vasa bashariyatning nodir va qimmatbaho badiiy xazinalaridan biri hisoblanadi. Hozirda ushbu kemani Stokgolmda bunyod etilgan maxsus muzey o'z bag'riga olgan. Bu yerda Vasa kemasidan tashqari yana unga aloqador 9 ta ekspozitsiya mavjud. Shuningdek, muzey kinozalida Vasa haqidagi film naqd 16 tilda namoyish etiladi. Vasaning yaratilish tarixi Tarixiy manbalarga ko'ra, kema taxminan 1626-yili Shvetsiya qiroli Gustav Adolf II ning amriga binoan qurilgan. Ikki yildan ko'proq vaqt mobaynida qurilgan kema 3 ta machta va 10 ta yelkadan iborat edi. O'lchamlariga kelsak, uzunligi machtaning eng yuqori qismidan kilga qadar 52 metr, kema burnidan tugash joyigacha 69 metr. Og'irligi esa 1200 tonna. G'oyaga ko'ra, Vasa shved harbiy-dengiz flotining yetakchi kemalaridan biri bo'lishi lozim edi. Lekin qisqa suzishdan so'ng, kema dengiz tubiga g'arq bo'ladi. Kuchli shamol tufayli muvozanatni yo'qotgan kema yon tomonga qulaydi va zabaraklar uchun mo'ljallangan tuynuklar orqali kirgan suv uni batamom o'z domiga tortib ketadi. Oradan roppa-rosa 33 yil o'tib Vasa yana yorug' dunyoni ko'rdi. 1950-yillarda tadqiqotchi Anders Franzen uni mustaqil ravishda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.26 MB
Ko'rishlar soni 217 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 17:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.26 MB
Ko'rishlar soni 217 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga