Namangan shahar xalq ta'limi boshqarmasi 12-umumiy o'rta ta'lim maktabi boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi Tursunova Madinaning 3-sinf matematika fanidan bir soatlik dars ishlanmasi. malashtirishga tavsiya etilgan. Mavzu: Massa o'lchov birliklari. Kilogramm gramm Maqsad: Massa o'lchov birliklari haqida tushuncha berish; arifmetik amallar tartibi haqida tushuncha berish; noma'lum qo'shiluvchilarni topishni o'rgatish; masalalar izohlay olishini, qisqa shart tuzishni o'rgatish O'quvchilar ongiga iqtisodiy tarbiyani, milliy g'oyani singdirish, ma'naviy-axloqiy, estetik, jismoniy, mehnat, ekologik tarbiyani amalga oshirish; O'quvchilarni fikrlash doirasini kengaytirish, hamkorlikda ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, mustaqil ishlashga o'rgatish; O'quvchilarni qo'shimcha manbalardan foydalanish o'rganish; Darsning turi: yangi tushuncha beruvchi. Darsning metodi: noan'anaviy, savol-javob, suhbat, musobaqa. Darsning jihozi: darslik, mavzu asosida tayyorlangan rasmlar, tarqatmalar, didaktik materiallar, slaydlar. Fanlararo bog'lanishi o'qish, ona tili, odobnoma, mehnat, tasviriy san'at, jismoniy tarbiya, ingliz tili Darsning texnologik xaritasi Darsning borishi: I. tashkiliy qism: O'qituvchi: Assalomu alaykum! -Vaalaykum assalom. Bolajonlarim! Hamma quvnoq, sog'lommi, Darsimizga tayyormi? O'quvchilar: Bizlar quvnoq, sog'lommiz, Darsingizga tayyormiz. «5» bahoni olamiz Sumkamizga solamiz Uyga borib: bobo, buvi Ota-onamizdan Katta rahmat olamiz. O'qituvchi: Juda ham yaxshi bolajonlar Sinfda kim navbatchi, Ustozga yordamchi. O'quvchi: Sinfda men navbatchi, Ustozimga yordamchi Pok tutaman xonani, Hamda yozuv taxtani Barcha o'quvchilar: Ustozimiz shod bo'ling, Bugun hamma shu yerda Darsingizni miriqib, Eshitish umidida Chang g'uborlar artilgan, Suvlar ham qaynatilgan. Biz yengil formadamiz, Odobda oldindamiz. O'qituvchi: Rahmat o'quvchilar bugungi darsimizda barchangiz sog'-salomat, a'lo kayfiyatda ishtirok etayotganingizdan xursandman. Keling bolajonlarim bugungi darsimiz bir-birimiz bilan bellashib, o'zimizni bir sinab ko'raylik. Hammamizga ma'lumki bir yil 4 fasldan iborat. Biz shu 4 fasldan 3 tasida o'qib, yoz faslida esa ta'tilga chiqamiz. Men sizlarni qatorlar bo'yicha ...

Joylangan
13 Jan 2023 | 23:23:12
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → doc, docx
Fayl hajmi
11.76 MB
Ko'rishlar soni
1905 marta
Ko'chirishlar soni
657 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 17:28
Arxiv ichida: doc, docx
Joylangan
13 Jan 2023 [ 23:23 ]
Bo'lim
1-5 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → doc, docx
Fayl hajmi
11.76 MB
Ko'rishlar soni
1905 marta
Ko'chirishlar soni
657 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 17:28 ]
Arxiv ichida: doc, docx