10-sinf Biologiya fanidan Biologiya hayot haqidagi fan mavzusida dars taqdimot

10-sinf Biologiya fanidan Biologiya hayot haqidagi fan mavzusida dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Biologiya fanidan Biologiya hayot haqidagi fan mavzusida dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

5-sinf va 10 sinf Biologiya darsligi asosida 47-maktabning biologiya fani o'qituvchisi Lukchayeva Sabohatning Biologiya - hayot haqidagi fan mavzusida tayyorlagan DARS ISHLANMASI Biologiya Yerdagi hayotning barcha ko'rinishlarini, uning turli darajadagi: molekula, hujayra, organizm, populatsiya (tur), biogeosenoz (ekosistema), biosfera darajasidagi tizimlarning barcha xossalarini o'rganadi. Biologiyaning asosiy maqsadi tirik mavjudotlarning tuzilishi, o'ziga xos xususiyatlari, ko'payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiiy jamoalarda va yashash muhiti bilan o'zaro munosabatlarini o'rganishdir. Biologiya atamasi fransuz olimi J. B. Lamark va nemis olimi G. R. Trevina rus tomonidan fanga kiritilgan bo'lib, «bios» - hayot, «logos» - fan degan ma'noni bildiradi. Biologiya fanining tarmoqlari. Biologiya fundamental va kompleks fan hisoblanadi. Fundamental fan deyilishiga sabab, biologiya tibbiyot, psixologiya, agronomiya, oziq-ovqat sanoati, farmokologiya uchun nazariy asos bo'lsa, kompleks fan sifatida esa ko'plab tarmoq fanlarni o'z ichiga oladi. Biologiya fanining ilmiy tadqiqot metodlari. Biologiyada tirik organizmlarning hayotiy xossalarini o'rganish uchun quyidagi metodlardan foydalaniladi. Kuzatish metodi.Organizmlar va ularni o'rab turgan atrof-muhitda ro'y beradigan hodisalarni kuzatish, tasvirlash va tahlil qilish imkonini beradi. Bu metod qadim zamonlardan boshlab olimlar tomonidan daliliy materiallar yig'ish va uni tavsifl ash uchun keng qo'llanilgan. XVII asrda bu metod yordamida biolog olimlar hayvonlar va o'simliklarni ta'rifl ash, tasvirlash va to'plangan materiallarni tartibga solish bilan shug'ullangan. Taqqoslash metodi. Turli biologik tizimlarning tuzilishi, funksiyasi, tarkibiy qismlardagi o'xshashlik va farqlar taqqoslash metodiyordamida o'rganiladi. Mazkur metoddan sistematika, morfologiya, anatomiya, paleontologiya, embriologiya fanlarida foydalaniladi. Taqqoslash metodi yordamida hujayra nazariyasi, biogenetik qonun, irsiy o'zgaruvchanlikning gomologik qatorlar qonuni kashf etilgan. Tarixiy metod.Mazkur metod turli sistematik guruhlarning evolutsion jarayonda paydo bo'lishi, takomillashishini dalillar yordamida tushunish va ularni avvaldan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.46 MB
Ko'rishlar soni 273 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:02 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.46 MB
Ko'rishlar soni 273 marta
Ko'chirishlar soni 29 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga