11-sinf Tadbirkorlik asoslari fanidan Tadbirkorlikning mazmuni va ahamiyati

11-sinf Tadbirkorlik asoslari fanidan Tadbirkorlikning mazmuni va ahamiyati

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Tadbirkorlik asoslari fanidan Tadbirkorlikning mazmuni va ahamiyati - rasmi

Material tavsifi

TADBIRKORLIKNING MAZMUNI VA AHAMIYATI Bizning yana bir muhim vazifamiz - kichik biznes va tadbirkorlik sohasini qo'llab-quvvatlash va rag'batlantirish, mamlakatimiz iqtisodiy qudratini, yur timizda tinchlik va barqarorlik, ijtimoiy totuvlikni mustahkamlashdan, bu soha ulushini yanada oshirish uchun qulay shartsharoitlar yaratib berishdan iborat. Nega deganda, tadbirkor nafaqat o'zini va oilasini, balki xalqni ham, davlatni ham boqadi. Men takror bo'lsa ham, aytishdan hech qachon char chamayman, ya'ni, xalq boy bo'lsa, davlat ham boy va qudratli bo'ladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Faollashtiruvchi savol va topshiriqlar 1. 1- 3-rasmlarda ifodalangan odamlarning turmush sharoiti nimalar bilan farqlanadi? 2. 4-6-rasmlarda bayroqlari aks etgan qaysi mamlakatda tadbirkorlik faoliyati ko'proq rivojlangan deb o'ylaysiz? Nima uchun? Fikringizni asoslang. 3. Atrof-muhit va shart-sharoitlarning tadbirkorlik faoliyati rivojlanganlik darajasi bilan qanday aloqasi bor? TADBIRKORLIK NIMA? Siz tadbirkorlik tushunchasi bilan 9-sinfda o'tilgan «Iqtisodiy bilim asoslari» fani orqali yaxshi tanishsiz. Unda tadbirkorlik deganda kishilarning foyda olish maqsadida tavakkalchilik asosida o'z mablag'lari, mulki, bilimi va imkoniyatlarini ishga solib, tovar ishlab chiqarish va xizmat ko'rsatish faoliyati tushuniladi, deyilgan. Bundan ko'rinadiki, tadbirkorlik bozor iqtisodiyotining asosini tashkil etib, uning ishtirokchilarini harakatga undovchi faoliyat hisoblanadi. Tadbirkor ishlab chiqarishning boshqa asosiy omillari - yer (tabiiy resurslar), kapital (ishlab chiqarish vositalari) va mehnat resurslarini o'zaro biriktirib, ularning bir-biriga muvofiq harakatini ta'minlab, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatishni amalga oshiradi. Tadbirkor - tadbirkorlik layoqatiga, ya'ni qandaydir turdagi tovar ishlab chiqarish yoki xizmat ko'rsatish jarayonini tashkil eta olish borasida bilim, ko'nikma va tajribaga ega shaxs. TADBIRKORLIKNING ASOSIY JIHATLARI Agar tadbirkor bo'lishni istasangiz, siz o'zingizda tadbirkorlikning asosiy jihatlarini shakllantirishingiz zarur bo'ladi. Ular quyidagilar: Tashabbuskorlik. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.55 MB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 6.55 MB
Ko'rishlar soni 204 marta
Ko'chirishlar soni 10 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga