8-sinf Geografiya fanidan Xorazm viloyati mavzusida dars taqdimot

8-sinf Geografiya fanidan Xorazm viloyati mavzusida dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Geografiya fanidan Xorazm viloyati mavzusida dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

XORAZM VILOYATI Xorazm viloyati mamlakatimiz hududini juda kichik qismini egallaydi (128-rasm). Xorazm viloyatining yer yuzasi tekis bo'lib, daryo yotqiziqlaridan iborat. Viloyatning xo'jalik hayotida Amudaryoning ahamiyati katta. Polvon, Yermish, Shovot va Qilichniyozboy kanallari Amudaryo suvini butun viloyatga tarqatadi. Viloyatda tuproq, suv va iqlim imkoniyatlaridan tash qari, shifobahsh sho'r ko'llar, binokorlikda ishlatiladigan xom-ashyo (qum, tosh, qamish) ham mavjud. Aholisi. Viloyat aholisi soni jihatidan mamlakat viloyatlari orasida oxirgi o'rinlarda turadi. Xorazmliklar yozda havoning qurib, isib ketishini hisobga olib, uylarni qalin paxsa devordan keng va baland (4-5 m) qilib quradi. Qalin paxsa devor uy ichidagi harorat va namlikning bir me'yorda saqlanishini ta'minlaydi. Yerosti suvi yer yuzasiga yaqinligidan yer to'lalar, turli maqsadga mo'ljallangan o'ralar bo'lmaydi. Xo'jaligi. Viloyat iqtisodiyoti, asosan, agrosanoat majmuyidan iborat. Xiva, Sho vot, Yangiariq tuman larida paxtaning salmog'i, ayniqsa, katta. Gurlan tumanida esa sholipoyalar kat­ta maydonni egallaydi. Obikor yerlarda paxta bilan birga don, beda, makkajo'xori, kartoshka va poliz ekinlari yetishtiriladi. Iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari bilan paxtachilikning qo'shib olib borilishi suvdan va ishchi kuchlaridan oqilona foydalanishga imkon beradi. Vi­loyatning barcha tumanlarida poliz ekinlari ekiladi. Qishloq xo'jaligining asosiy tarmoqlari: paxtachilik, polizchilik, sholichilik, go'sh-sut chorvachiligi, pillachilik. Sanoatning asosiy tarmoqlari: elektroenergetika, mashinasozlik, qurilish materiallari, yengil, oziq-ovqat, un-yorma. Asrlar bo'yi davom etib kelayotgan xalq seleksiyasi tufayli Xorazmda ertapishar hamda kechpishar qovunlarning ajoyib navlari vujudga kelgan. Qadimda ularni maxsus idishlarga solinib, tuyalarda, hatto Bag'dod va Hindistonga (o'sha vaqtda uch oylik yo'l) jo'natilgan. Xiva, Yangiariq, Gurlan, Hazorasp tumanlarida bog'lar birmuncha ko'p. Kelgusida bog' va tokzorlar maydonini kengaytirish ko'zda tutiladi. Qishloq xo'jaligining ikkinchi muhim tarmog'i chorvachilikdir. Yozgi yaylovlar va suv tanqisligidan chorvachilikda ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 9.71 MB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:19 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 9.71 MB
Ko'rishlar soni 246 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga