7-sinf Geografiya Avstraliyaning geografik o'rni, o'rganilishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi

7-sinf Geografiya Avstraliyaning geografik o'rni, o'rganilishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Geografiya Avstraliyaning geografik o'rni, o'rganilishi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari va relyefi - rasmi

Material tavsifi

AVSTRALIYA VA OKEANIYA Avstraliyaning geografik o'rni, o'rganilish tarixi, geologik tuzilishi, foydali qazilmalari. Relyefi Avstraliyaning asosiy xususiyatlari. Eng mitti, eng past, eng quruq materik, xaltali hayvonlar vatani, sayyoramizning yaxlit noyob qo'riqxonasi, o'rtasidan janubiy tropik chizig'i o'tadi, evkaliðt daraxti vatani (bo'yi 2 m dan 150 m gacha), materikdagi berk havza maydoni (60 %) jihatidan birinchi o'rinda, yagona davlat - Avstraliya Ittifoqi bor, aholisining deyarli yarmi ikkita shaharda (Sidney, Melburn) yashaydi. Maydoni - 7 mln 659 ming kv km. Geografik o'rni. Avstraliya (lotincha australius - janubiy) to'liq janubiy yarimsharda joylashgan. Quruqlikni shimol, g'arb va janubdan Hind okeani, sharqdan Tinch okean suvlari o'rab turadi. Maydonining kichikligiga ko'ra unga materik-orol nisbatini berishgan. Odam yashaydigan materiklardan ancha uzoqda joylashgan. O'rganilish tarixi. Avstraliya odam yashaydigan materiklar orasida eng keyin kashf etilgan. Yevropaliklardan birinchi bo'lib Avstraliya quruqligiga qadam qo'ygan kishi niderlandiyalik Uilyam Yanszondir. U 1606- yilda Keyp-York yarimorolini tekshirdi va materikka Yangi Gollandiya deb nom berdi. Shu sana Avstraliyaning kashf etilgan vaqti bo'lib, geografiya tarixiga kirdi. Keyinchalik, ispaniyalik L. Torres, niderlandiyalik A. Tasman va boshqalar materikni o'rgandilar. Geologik tuzilishi. Avstraliya qadimgi geologik o'tmishda Gondvana materigining bir qismi bo'lgan. Mezozoy erasining oxiriga kelib Avstraliya mustaqil materik tariqasida shakllandi. Materik asosini qadimgi qattiq va mustahkam platforma tashkil etadi. U Hind-Avstraliya litosfera plitasining bir bo'lagidir. Platformaning mustahkam kristalli zamini materikning shimolida, g'arbida va markaziy qismlarida yer yuzasiga chiqib yotadi. Sharqiy qismidagi Katta Suvayirg'ich tizmasi gersin tog' burmalanishida ko'tarilgan. Keyingi tektonik harakatlar natijasida Yangi Gvineya, Tasmaniya - materik orollari quruqlikdan ajralib qolgan. Kuchli zilzilalar kuzatilmaydi, vulqonlar umuman yo'q. Foydali qazilmalari. Platformaning zaminida ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.64 MB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:13 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.64 MB
Ko'rishlar soni 186 marta
Ko'chirishlar soni 22 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga