Ijtimoiy-iqtisodiy xaritalar Mustaqillikdan so'ng mamlakatimizda kartografiya ham boshqa sohalar kabi rivojlanmoqda. O'tgan o'n yil ichida Respublikani 1:1 mln. masshtabli Ekologik kartasi, iqtisodiy kartasi va bir qancha O'zbekiston o'quv kartalari chop etildi. 199 yilda Respublikamiz Prezidenti farmoyishi bilan O'zbekiston geografik atlasi yaratildi. Unda Respublikamizdagi katta iqtisodiy o'zgarishlar o'z ifodasini topgan. 200-2001 yillarda 7, 8, 9-sinflar uchun O'zbekistonning va xorijiy mamlakatlarning ijtimoiy- iqtisodiy o'quv geografik atlaslari yaratildi. Kartografik tasvir geografik kartaning negizidir, unda tabiiy va ijtimoiy-iqtisodiy voqea va hodisalar to'g'risida yetarli darajada ma'lumot berilib, ularning tarqalishi, holati, o'zaro aloqasi va rivojlanishi tasvirlanadi. Bu ma'lumotlar geografik kartaning asosini tashkil qiladi. Kartaning mazmuni bir qancha geografik elementlardan tashkil topgan. Respublika kartografiyasining rivojlanishida, ayniqsa atlas kartografiyasini rivojlantirishda, Respublika ijtimoiy-iqtisodiy kartografiyasining shakllanib, taraqqiy etishida olimlarimizning xizmatlari katta. Mamlakatimizda paxtachilik kartografiyasini yaratishda A.Egamberdiev, agrosanoat majmuini kartaga tushirishda A.Bozorboev, tabiatni muhofaza qilish sohasini kartografiyalashda J.Qoraboev, aholini hududiy joylashishini o'rganishda kosmik suratlardan foydalanish bo'yicha L.G'ulomovaning ilmiy ishlari diqqatga sazovordir. Kartografiyaning eng muhim sohalari bo'lgan baholash va bashorat qilish kartografiyasining shakllanishida T.Qoraboevaning xizmatlari kam emas. 1-rasm. Izoliniya teng chiziqlar usuli (interpolyatsiyada gorizontallar o'tkazilib, ular oralig'i 5 m.). O'zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy atlasidagi (200) bir qancha kartalar, ya'ni «Qishloq xo'jaligi», «Donli ekinlar», «Paxtachilik», «Fermer xo'jaliklari» va boshqa kartalar kariogramma usulida tasvirlangan. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalarda voqea-hodisalar kartogramma hamda kartodiagramma bilan tasvirlansa mazmuni boyiydi. Umuman mavzuli kartalarda bir va bir qancha usullar ishlatilishi mumkin. Lekin bunda ranglar yaxshi tanlanishi kerak. Ijtimoiy-iqtisodiy kartalar ham o'z navbatida aholi, iqtisodiyot, madaniyat, siyosiy-ma'muriy maishiy xizmat ko'rsatish kartalari va boshqa turlarga bo'linadi. 9-sinf uchun mo'ljallangan Dunyoning ijtimoiy va iqitisodiy geografik atlasi ...

Joylangan
12 Mar 2023 | 06:36:04
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.96 MB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Mar 2023 [ 06:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
4.96 MB
Ko'rishlar soni
188 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx