O'zbekistonNING TABIIY BOYLIKLARI, AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI O'zbekistonning tabiiy sharoiti va tabiiy boyliklari Tabiiy sharoit tabiiy boyliklardan nimasi bilan farq qiladi? O'zbekiston yerusti tuzilishi betakrordir. Shunga monand tabiati ham, boyliklari ham xilma-xil. Qulay tabiiy sharoit ishlab chiqarish samaradorligining muhim tabiiy omilidir. Tabiiy sharoit, ayniqsa, qishloq xo'jaligi, foydali qazilmalar qazib chiqarish va transport harakatida yaqqol bilinadi. Tog' relyefi , sho'rxoklar, cho'llar, taqirlar, jarliklar hududni xo'jalik jihatdan o'zlashtirishni qiyinlashtiradi. Qurg'oqchil yillarda daryo suvlari kamayib, ekinlarni suv bilan ta'minlash og'ir kechadi. Lekin fan-texnika taraqqiyoti tufayli ishlab chiqarishning tabiiy sharoitga bog'liqligi yengib kelinmoqda. Ayni vaqtda insonning tabiatga ta'siri kuchayib, salbiy oqibatlarga ham olib kelmoqda. Tabiiy boyliklar tabiiy sharoitdan farq qilib, ishlab chiqarishga bevosita aloqador, ya'ni uning xomashyo va energetika bazasini tashkil etadi. Eng muhim tabiiy boyliklardan biri - bu yerosti boyliklari (mineral resurslar). Ulardan sanoatda, maishiy ehtiyojlarda keng miqyosda foydalaniladi (5-rasm). O'zbekiston katta yerosti boyliklariga ega bo'lgan mamlakatdir. Ammo mamlakat iqtisodiyotining xomashyoga va yoqilg'iga bo'lgan ehtiyoji to'xtovsiz ortib bormoqda. Hozirda tabiiy boyliklarning yarmiga yaqinidan foydalanilmoqda. Shunday bo'lsa-da, tabiiy boyliklar zaxirasidan tejab foydalanishimiz zarur. Chunki yerosti boyliklari tugaydigan va tiklanmaydigan boylikdir. Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanishning asosiy shartlari: konlardan qazilmalarni to'liq qazib olish; atrof-muhitning buzilishiga yo'l qo'ymaslik; barcha qimmatli moddalardan majmuali-mukammal foydalanish; geologik qidiruv ishlarini tadrijiy davom ettirish; mahsulot birligiga sarf bo'ladigan xomashyo va yoqilg'ini tejaydigan texnika va texnologiyani qo'llash. Tiklanmaydigan boyliklardan oqilona foydalanish kerak. Toki kelajak avlod ham bu boyliklardan bahramand bo'lsin. Eng muhim tabiiy boyliklardan yana biri - suv. Qishloq xo'jaligida ko'p miqdorda suv sarflanadi. Sanoat korxonalari uchun ham ko'p suv talab qilinadi. Korxonalar ...

Joylangan
12 Mar 2023 | 06:36:04
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
12 Mar 2023 [ 06:36 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.17 MB
Ko'rishlar soni
212 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: pptx