9-sinf Geografiya fanidan Amerikaning siyosiy xaritasi dars taqdimot

9-sinf Geografiya fanidan Amerikaning siyosiy xaritasi dars taqdimot

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Geografiya fanidan Amerikaning siyosiy xaritasi dars taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Amerikaning siyosiy xaritasi Amerika G'arbiy yarim sharda joylashgan ikki materik - Shimoliy va Janubiy Amerikani hamda ularga yaqin orollarni qamrab olgan qit'adir. Uning umumiy maydoni 42 mln. km2 ga teng. Shimoliy va Janubiy Amerika materiklarini Panama kanali ajratadi. Amerikaning zamonaviy siyosiy xaritasida 35 ta mustaqil davlat mavjud. Ular o'z hududiy kattaligi jihatidan bir-biridan keskin farq qiladi. Qit'adagi 4 ta mamlakat dunyoning 10 ta eng yirik davlatlari qatoridan joy olgan - Kanada, AQSH, Braziliya va Argentina. Boliviya, Kolumbiya, Peru va Meksikaning maydoni 1 mln. km2 dan oshadi. Venesuela va Chili davlatlarining hududi esa 500 ming km2 dan katta. Shu bilan birga, Amerikadagi 7 ta davlatning maydoni 1 ming km2 dan kam. Ularning barchasi Karib dengizidagi orollarda joylashgan. Amerikada faqatgina 2 ta davlat - Boliviya va Paragvay - bevosita dengizga chiqish imkoniyatiga ega emas. Meksika, Gvatemala, Gonduras, Nikaragua, Kosta-Rika, Panama va Kolumbiya qirg'oqlari ikkita, ya'ni Atlantika va Tinch okean suvlari bilan yuviladi. AQSH va Kanada esa uchta - Atlantika, Tinch va Shimoliy Muz okeanlariga chegaradosh. Amerikadagi 35 davlatdan 25 tasi Respublika, 10 tasi Britaniya Hamdo'stligi qirolliklari, ya'ni konstitutsion monarxiyalar hisoblanadi. Konstitutsion monarxiyalardan 2 tasi - Kanada va Beliz - Shimoliy Amerika materigida joylashgan, qolgan 8 tasi esa Karib dengizidagi orol davlatlaridir. Amerikada 7 ta federativ davlat joylashgan - AQSH, Argentina, Braziliya, Kanada, Meksika, Venesuela hamda Sent-Kits va Nevis. Sent-Kits va Nevis jahondagi eng kichik federativ davlat hisoblanadi. Amerika 2 ta yirik siyosiy-geografik mintaqa - Shimoliy Amerika va Lotin Amerikasiga bo'linadi. Shimoliy Amerikada AQSH va Kanada joylashgan. Amerikadagi AQSHdan janubda joylashgan barcha davlatlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.08 MB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.08 MB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga