Qashqadaryo viloyati Yakkabog' tumani 75-umumiy o'rta ta'lim maktabi biologiya fani o'qituvchisi Shavriqova Shaxlo Boxodirovnaning 6-sinf Tabiiy fandan Biosfera mavzusida Darsning maqsadi: O'quvchilarga biosfera haqida to'liq ma'lumot berish, atrof muhitni asrab avaylash, tabiat inomlarini boricha kelajak avlodga yetkazishni o'rgatish. O'quvchilarni erkin fikrlashga, dunyo qarashini kengaytirishni o'rgatish Darsning borishi: O'tgan mavzuni takrorlash Grafik chizish uchun koordinata o'qlari chiziladi. Vertikal o'qiga haroratning qiymatlari, gorizontal o'qiga vaqt qo'yiladi. Berilgan jadval asosida sutkalik haroratning o'zgarish grafigi chizilgan Dars rejasi: 1.Biosfera haqida tushuncha 2.Tabiat zonalari 3. Biosferaning ekologik xavfsizligi muammolari Yangi mavzuni bayoni Biosfera (yunoncha bios - hayot, sphaira - shar) sayyoramizning tirik organizmlar yashaydigan qobig'i.Unga atmosferaning quyi qismi, litosferaning yuqori qismi va butun gidrosfera kiradi. Qalinligi 30-40 km atrofida.Biosferaning boshqa qobiqlardan eng asosiy farqi - bu muhitda tirik organizmlarning (o'simliklar, mikroorganizmlar,hayvonot dunyosi) mavjudligi hisoblanadi.Jumladan, odam ham mana shu qobiqda hayot kechiradi. Yer yuzida organizmlar notekis taqsimlangan. Olimlar tomonidan tirik organizmlarning tarqalishi tahlil qilinganda,eng ko'p miqdor ekvatorial kengliklarga (sernam ekvatorial o'rmonlarga) to'g'ri kelishi aniqlangan. Organizmlar quruqlik yuzasi va 150 m balandlikkacha bo'lgan havoda, tuproqda,okean va dengizlar suvining yuzasi hamda150 m chuqurlikkacha bo'lgan qismlarida eng ko'p tarqalgan. Tabiat zonalari - iqlimi, tuproqlari,o'simlik va hayvonot dunyosiga ko'ra bir-biridan farq qiluvchi quruqlikning yirik tabiiy komplekslari. Tabiat zonalari, asosan namlik va issiqlikning notekis taqsimlanishi natijasida ekvatordan qutblar tomon almashinib keladi. Ayrim tabiat zonalari bilan tanishib chiqamiz. Sernam ekvatorial o'rmonlar zonasi. Mazkur tabiat zonasiga ekvatorning har ikki tomonidagi yondosh hududlar kiradi. Bu tabiat zonasida o'rtacha oylik harorati yil bo'yi deyarli bir xil - +25⁰C atrofida bo'ladi. Yillik yog'in miqdori 200 mm ...

Joylangan
16 Mar 2023 | 18:21:41
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.59 MB
Ko'rishlar soni
731 marta
Ko'chirishlar soni
402 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:11
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
16 Mar 2023 [ 18:21 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.59 MB
Ko'rishlar soni
731 marta
Ko'chirishlar soni
402 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:11 ]
Arxiv ichida: pptx