Buxoro viloyati Peshko' tumani Xalq ta'limi bo'limi 44-umumiy o'rta ta'lim maktabi biologiya fani o'qituvchisi Sharopova Nodira Hamidovna Odamdagi irsiy kasalliklarni o'rganishda innovatsion usullardan foydalanish Tuzuvchi: Sharopova Nodira- Buxoro viloyati Peshko' tumani Xalq ta'limi bo'limi 44-umumiy o'rta ta'lim maktabi biologiya fani o'qituvchisi Taqrizchilar: H.Haydarova - Buxoro viloyati Peshko'tumani Xalq ta'limi bo'limi tabiiy fanlar metodisti E.Nasulloyeva -18-umumiy o'rta ta'lim maktabi biologiya fani o'qituvchisi Kirish . Biologiya faning asosiy maqsadi tirik mavjudotlarning tuzilishi o'ziga xos xususiyatlari, ko'payishi, rivojlanishi, kelib chiqishi, tabiiy jarayonlarni o'rganadi.Insonlar salomatligini saqlash turli kasalliklarni davolash va ularni oldini olish, inson umrini uzaytirish kabi muhim muammolarini hal etish biologiyaning rivojiga bog'liq.Biologiya darslarida O'zbekiston Respublikasida ta'limning uzluksizligi , uzviyligi, o'quvchi shaxsi va qiziqishlari ustivorligidan kelib chiqib, ularda yosh xususyatlariga mos ravishda quyidagi tayanch kompetensiyalar shakllantiriladi. Kommunikativ kompetensiya-Ijtimoiy moslashuvchanlik , hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish , layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi. Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi -media manbalardan zarua ma'lumotlarni izlab topa olishni ,saralashni ,ulardan to'g'ri foydalana olishni , ularning xavfsizligini ta'minlashni shakllantirishni nazarda tutadi. O'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi - doimiy ravishda o'z-o'zini jismoniy ,ma'naviy,ruhiy intellektual va kreativ rivojlantirish ,kamolotga intilish , o'z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko'nikmalarini egallashni nazarda tutadi. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi - jamiyatda bo'layotgan voqea ,hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish ,o'zning burch va huquqlarini bilish ,unga rioya qilish ,madaniyatga ega bo'lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi . Milliy va umummadaniy kompetensiya-vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e'tiqodli bo'lish orasta qiyinish, sog'lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarga tutadi. ...

Joylangan
17 Mar 2023 | 13:53:02
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.55 MB
Ko'rishlar soni
483 marta
Ko'chirishlar soni
140 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:24
Arxiv ichida: docx
Joylangan
17 Mar 2023 [ 13:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.55 MB
Ko'rishlar soni
483 marta
Ko'chirishlar soni
140 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: docx