MAVZU: To'liq o'zgarish bilan rivojlanadigan hasharotlar: tangachaqanotlilar turkumi. Dars shiori: Bilimlarni puxta va mukammal egallash. Darsning ta'limiy maqsadi. Kaplaklarning tuzilishi, hayot kechirishi, yashash muhitga moslashganligi, tut ipak qurti va ipakchilik misolida kapalaklar dunyosining rivojlanib borishi to'g'risidagi o'quvchilarning tasavvuri va bilimlarini boyitish. Darsning tarbiyaviy maqsadi: kapalaklarning tabiat va odam hayotidagi ahamiyati asosida o'quvchilarni hayvonat dunyosiga nisbatan estetik zavqlanish, uni asrash va muhofaza qilish hissida tarbiyalash. Dars jarayonida o'quvchilarning bir-biriga hurmat-e'tiborli, fikrlarini oxirigacha eshitish, o'zaro fikirlashish, o'quvchilar aro yordam, uyushtira olish ruhida tarbiyalsh. Darsning rivojlantiruvchi maqsadi: o'quvchilarning kuzatish ko'nikmalarini rivojlantirish, kapalaklar haqidagi bilimlarni izlanishlar asosida boyitish, mavzu yuzasidan bilimlar izchilligini rivojlantirish. O'z ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini oshirish. Dars turi: No an'anaviy, Dars jihozi: hashoratlarning tashqi tuzilishi, ichki tuzilishi, chala o'zgarish bilan rivojlanadigan va to'liq o'zgarish bilan rivojlanadigan hashoratlar aks etgan plakat va rasmlar. Darsning borishi: tashkiliy qism: a)Salomshish b) Davomatni aniqlash g)Darsni tashkillashtirish O'qituvchi: 1.Bolalar 2023 yilni prezidentimiz qanday nomladi? 2. Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yiliga siz qanday hissa qo'shasiz? O'quvchilar guruhlarga ajratiladi va har biriga mavzuga oid nom beriladi. 1-guruh: Kapalaklar 2-guruh: Ninachilar 3-guruh: Chigirtkalar Guruhlar o'z guruhidagi nomlar haqida qisqacha ma'lumotlar berishadi. O'qiuvchi o'quvchilardan kerakli javoblarni olgach dars vaqti taqsimoti darsda amal qilinishi shart bo'lgan bandlarni eslatadi. - Reglamentga amal qilamiz: - O'rtoqlarimizning fikrini oxirigacha eshitamiz: - O'rtoqlarimizni hurmat qilamiz: - O'rtoqlarimizga o'zaro yordam uyushtiramiz; 1-Topshiriq: Men kimman ? deb nomlanib bunda o'quvchilarga bir hujayrali va ko'p hujayrali hayvonlar rasmlari tarqatiladi. O'quvchilar guruhlari bilan birgalikda bu hayvonlarning qaysi sinf va tipga mansubligini aniqlashadi va birinchi bo'lib bajargan guruh ...

Joylangan
17 Mar 2023 | 13:53:02
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
939.81 KB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
17 Mar 2023 [ 13:53 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
939.81 KB
Ko'rishlar soni
174 marta
Ko'chirishlar soni
12 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: docx