Surhondaryo viloyati,Denov tumani 14-umumiy o'rta ta'lim maktabining Geografiya fani o'qituvchisi Abdumurodova Gulhayo Boymurodovnaning 7-sinflar uchun ''Geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi'' mavzusida tayyorlagan bir soatlik dars ishlanmasi. Mavzu; ''Geografik kashfiyotlar va hozirgi zamon geografiyasi'' Ta'limiy maqsad; O'quvchilarga mavzu yuzasidan ilmiy ma'lumotlar berish,yer yuzasining kashf etilishi,jahongashta sayyohlarning qilgan ishlari,buyuk bobokalonlarimizning geografiya faniga qo'shgan hissasi haqida ma'lumot berish va olgan bilimlarni mustahkamlash. Tarbiyaviy maqsad; O'quvchilarni ona Vatanga muhabbat hissida tarbiyalash,buyuk bobokalonlarimizning qoldirgan merosinio'rganish,tabiatni sevish,boyliklarni asrab-avaylashga o;rgatish. Rivojlantiruvchi maqsad; O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish,o'z fikrini erkin bayon qila olish,o'rgangan bilimlarini hayotda to'g'ri qo'llay olish malakalarini shakillantirish. Tayanch kompetensiyalar; --O'z fikrini og'zaki va yozma tarzda aniq va tushunarli bayon qila olish,mavzudan kelib chiqib savollarni mantiqan to'g'ri qo'ya olish va javob berish; --Axborot bilan ishlash kompetensiyasi-geografiya faniga tegishli xabar manbalardan (internet,telvevizor kompyuter,v.b)foydalana olish; --O'z-o'zini rivojlantirib shaxs sifatida,ma'nviy va intellectual yetuklikka intilish; Fanga tegishli kompetensiyalar; O'quvchilarda shakllangan fanga oid umumiy kompetensiyalar; --Tabiiy,ijtimoiy-iqtisodiy jarayon hamda hodisalarni kuzatish,aniqlash,tushunish va tushuntirish kompetensiyasi; --Geografik obyektlar,joy nomlari to'g'ri qo'llay olish kompetensiyasi; --Globus,geografik atlas va xaritalardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyasi; Dars turi; Yangi bilim berish. Dars metodi; Moslikni toping,atamalar bilan ishlash,charxpalak,raqamlar tilga kirganda,xatosini top. Dars jihozi; Dunyoning tabiiy xaritasi,atlas,mavzu bo'yicha yaratilgan prezentatsiya,kompyuter,darslik,yozuvsiz xarita,tarqatma materiallar va mavzuga oid rasmlar. Dars shiori; Har qanday buyuk daryo ham kichik jilg'a-irmoqdan,murg'oblardan,boshlanadi.Ilm ham eng oddiy,eng birlamchi tushunchalarga asoslanadi. Ma'naviyat daqiqalari; Buyuk sayyox olimlarning kashfiyoti-bu, Yer kurrasin madh etguvchi kuy bayoti-bu, Zamindagi mavjudodlar hur bayoti-bu, Syyoramiz siyrati geografiya-bu. Darsning texnologik kartasi; tashkiliy qism; Salomlashish, davomatni aniqlash, kun yangiliklari o'quvchilarni guruhlarga bo'lish. O'quvchilarni guruhlarga bo'lish. guruh. Xorazmiy. guruh. Beruniy. guruh. ...

Joylangan
19 Mar 2023 | 18:03:19
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.07 MB
Ko'rishlar soni
214 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
19 Mar 2023 [ 18:03 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
2.07 MB
Ko'rishlar soni
214 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: docx