9-sinf Geografiya fanidan Hindiston Respublikasi mavzusida ochiq dars ishlanmasi

9-sinf Geografiya fanidan Hindiston Respublikasi mavzusida ochiq dars ishlanmasi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Geografiya fanidan Hindiston Respublikasi mavzusida ochiq dars ishlanmasi - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI XORAZM VILOYATI XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI GURLAN TUMANI XALQ TA'LIMI BO'LIMI 6-IDUM GEOGRAFIYA FANI O'QITUVCHISI AMINOV BEXZODNING «HINDISTON RespublikaSI» MAVZUSIDA 9-SINFLAR UCHUN OCHIQ DARSI MAVZU: HINDISTON RespublikaSI Darsning maqsadi: ta'limiy: o'quvchilarga Hindiston Respublikasi xo'jaligi va transporti haqida tushuncha berish; darslikdagi materiallarni o'rganish usullarini tushuntirish; geografik obyektlar, joy nomlarini to'g'ri qo'llay olish kompetensiyasi; globus, xarita va atlaslardan to'g'ri foydalana olish kompetensiyasi. tarbiyaviy: O'quvchilarga insonparvarlik, hamdo'stlik va milliy g'oyalarni singdirish, atrof muhitni sevishga o'rgatish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi; milliy va umummadaniy kompetensiya; rivojlantiruvchi: O'quvchilarda mustaqil fikrlashni, tahlil qila bilishni rivojlantirish. axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi; o'z-o'zini rivojlantirish kompetensiyasi; Darsning turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi. Darsning usuli: Aqliy hujum metodi, Ha yoki Yo'q metodi, Kichik guruhlarda ishlash, Galereyani aylanish metodi, Geografik xotira metodi test savollari; Darsda foydalaniladigan jihozlar: Texnik jihoz: Kompyuter, videoproyektor, ekran. Didaktik jihoz: Tarqatma materiallar, slaydlar, xarita Dars uchun talab etiladigan vaqt: 45 minut: Darsning texnik chizmasi: Darsning borishi: I.tashkiliy qism: O'quvchilar bilan salomlashish, tozalikni aniqlash, davomatni aniqlash. Kun yangiliklari tinglangach, darsning mavzusi, maqsadi bilan tanishtiriladi. O'quvchilar guruhlarga bo'linadi. II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash. 1-topshiriq. 10 ta o'quvchiga 1 dan 10 gacha bo'lgan raqamlar tarqatiladi. 1 o'quvchi o'tgan mavzu bo'yicha ikkinchi raqamni olgan o'quvchiga savol beradi, 2-raqam egasi savolga javob beradi va 3-raqamni olgan o'quvchiga savol beradi. Shu zaylda davom etadi va oxirgi 10-raqam egasi o'zidan oldingi 9-raqamni olgan o'quvchining savoliga javob beradi va o'zi esa 1-raqam egasiga savol beradi. 2-topshiriq. Har bir guruhga o'tgan mavzu yuzasidan tuzilgan test savollari beriladi. Guruhlar testni ishlashi uchun vaqt belgilanadi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.67 MB
Ko'rishlar soni 354 marta
Ko'chirishlar soni 80 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 1.67 MB
Ko'rishlar soni 354 marta
Ko'chirishlar soni 80 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga