9-sinf Geografiya fanidan Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi ochiq dars taqdimoti

9-sinf Geografiya fanidan Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi ochiq dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Geografiya fanidan Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi ochiq dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy rivojlanganligi Osiyo mamlakatlari nafaqat tabiiy sharoiti va resurslari, aholining ko'payishi va tarkibi jihatidan, balki ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi nuqtayi nazaridan ham bir-biridan ancha farq qiladi. Ular iqtisodiy rivojlanganligi va xo'jaligining ixtisoslashuviga ko'ra bir necha guruhga bo'linadi. Yaponiya 1.Yaponiya - «Katta yettilik» guruhiga kiradigan yagona Osiyo mamlakati. Yaponiya YIM hajmi bo'yicha jahonning to'rtinchi davlati hisoblanadi (2017-y.). Iqtisodiyoti innovatsion texnologiyalarga asoslangan ishlab chiqarish tarmoqlariga ixtisoslashgan. Aholi turmush darajasi borasida Yaponiya jahonning peshqadam davlatlaridan biri. Isroil 2.Isroil - «ko'chirilgan kapitalizm» tipidagi rivojlangan davlat. Aholi jon boshiga YIM hajmi bo'yicha Osiyodagi peshqadam davlatlaridan biri. Isroil iqtisodiyoti, birinchi navbatda, yuqori texnologiyalarga tayanadigan mashinasozlikning turli tarmoqlariga ixtisoslashgan. Xitoy va Hindiston 3.Xitoy va Hindiston - tabiiy resurslar, aholi soni va YIM hajmi bo'yicha ulkan salohiyatga ega tayanch rivojlanayotgan mamlakatlar. Ular so'nggi 15-20 yilda iqtisodiyoti tez rivojlanayotgan davlatlarga aylandi. Hozirgi vaqtda Xitoy YIM hajmiga ko'ra dunyoda birinchi, Hindiston esa uchinchi o'rinni egallaydi. Ammo aholi jon boshiga hisoblanganda iqtisodiy ko'rsatkichlari, ayniqsa, Hindistonda, hali rivojlangan davlatlar darajasidan birmuncha past. Ijtimoiy taraqqiyot borasida ham bu ikkala davlatda dolzarb muammolar mavjud. Osiyoning yangi industrial davlatlari 4.Osiyoning yangi industrial davlatlari - Koreya Respublikasi, Singapur, Malayziya, Tailand. 1980-yillardan buyon amalga oshirilgan chuqur iqtisodiy islohotlar tufayli bu davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida keskin yuksalishlarga erishdi. Koreya Respublikasi va Singapur oxirgi vaqtda ko'plab xalqaro tashkilotlar tomonidan rivojlangan davlatlar qatoriga kiritilmoqda. Yangi industrial davlatlarning iqtisodiyoti mikroelektronika, elektrotexnika, avtomobilsozlik, kemasozlik kabi mashinasozlikning tarmoqlariga ixtisoslashgan. Yangi ishlab chiqarish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yaratish va eksport qilishda ham bu guruhdagi davlatlar katta yutuqlarga erishgan. Yirik indusrial-agrar davlatlar 5.Yirik indusrial-agrar davlatlar - Indoneziya, ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.62 MB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:24 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 10.62 MB
Ko'rishlar soni 212 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga