Osiyo mamlakatlari umumiy tavsifi va tabiiy resurslari Reja: Osiyoning umumiy maydoni 44 mln. km2 (Rossiyaning Osiyo qismidagi hududini hisoblamaganda 31 mln. km2)ni tashkil qiladi, aholisi esa 4,175 mlrd. kishi. Hozirgi vaqtda uning siyosiy xaritasida 49 ta mustaqil mamlakatlar bor. Ularning ko'pchiligi jahonning eng ko'hna va eng yirik davlatlari hisoblanadi. Osiyo jahonning hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy hayotida ham muhim o'rin tutadi. Garchi unda, asosan, rivojlanayotgan davlatlar ko'pchilikni tashkil qilsa-da, yaqin kelgusida ularning jahon ijtimoiy-iqtisodiy hayotidagi o'rnining kuchayishi kutiladi. Osiyoda 5 ta subregion yaqqol ajralib turadi. Bular: Markaziy Osiyo, Janubi-g'arbiy, Janubiy, Janubi-sharqiy va Sharqiy Osiyodir. Iqtisodiy-geografik o'rnining ikki muhim tomoni yaqqol ko'zga tashlanadi. Birinchi - aksariyat mamlakatlarning bevosita dengiz bo'ylarida joylashganligi. Ikkinchi - qit'a mamlakatlaridan 12 tasining quruqlik ichkarisida joylashganligi va dengiz savdo yo'llariga bevosita chiqish imkoniyatidan mahrumligi. Osiyoning tabiiy resurslari ham ancha boy va xilma-xil. U tabiiy mineral boyliklar bilan, ayniqsa, yaxshi ta'minlangan. Jahon neft zaxiralarining 70 % i, gazining 80 % dan ko'pi, ko'mirning 54 % i uning hissasiga to'g'ri keladi. Xitoy, Hindiston platformalari, Qozog'istonning qadimiy tog'li o'lkalari bo'ylab asosiy toshko'mir, marganes, qora va rangli metal konlari joylashgan. Jahonning eng yirik qalayi konlari Osiyoning ana shu hududlarida uchraydi. O'rmon boyliklari bilan Sibir va Janubi-sharqiy Osiyo mintaqalari yaxshi ta'minlangan. Birinchi - tirikchilikning asosiy manbayi hisoblanadigan yer resurslari (avvalo, ekin ekiladigan maydonlar) yetishmaydi. Osiyoda dehqonchilik ishlari, asosan, sug'orish asosida olib boriladi. Yer yuzasidagi barcha sug'oriladigan yerlarning 34 qismi uning hissasiga to'g'ri keladi. Ikkinchi - bir-biriga teskari xususiyatli agroiqlim imkoniyatlari. ...

Joylangan
21 Mar 2023 | 08:09:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.22 MB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
21 Mar 2023 [ 08:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.22 MB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: pptx