2-§. Jahon mamlakatlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligi bo'yicha tasnifi Davlatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanganligini baholash uchun bir qancha mezonlar qo'llaniladi. Bu mezonlardan asosiylari: Jahon mamlakatlari ushbu mezonlar asosida BMT tomonidan 3 ta yirik blokka bo'linadi: Rivojlangan Rivojlanayotgan O'tish iqtisodiyotidagi mamlakatlar Rivojlangan mamlakatlar Rivojlangan mamlakatlar qatoriga, odatda Yevropadagi ko'plab davlatlar (Sharqiy Yevropadan tashqari), AQSH, Kanada, Yaponiya, Avstraliya,Yangi Zelandiya, Isroil va Janubiy Afrika Respublikasi kabi davlatlar kiritiladi. Rivojlangan mamlakatlar orasida ulkan iqtisodiy salohiyati va ishlab chiqarish hajmi bilan «Katta yettilik»guruhini tashkil etuvchi davlatlar alohida ajralib turadi. Ushbu guruhga AQSH, Kanada, Yaponiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya hamda Italiya kiradi. Bu mamlakatlar xalqaro iqtisodiy va siyosiy munosabatlar tizimida muhim o'rin tutadilar. Rivojlanayotgan mamlakatlar Osiyo, Afrika, Amerika hamda Okeaniyaning aksariyat davlatlari rivojlanayotgan mamlakatlar blokiga kiritiladi. Jahon aholisining eng katta qismi (2018-yil ma'lumotlariga ko'ra, 6 mlrd kishi) yashaydigan bu davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va xususiyatlari bilan bir-biridan ancha farq qiladi. Jumladan, ulkan tabiiy-resurs, demografik va iqtisodiy salohiyatga ega Xitoy, Hindiston, Braziliya va Meksika tayanch rivojlanayotgan mamlakatlar guruhini tashkil qiladi. O'tish iqtisodiyotidagi davlatlar Sobiq Ittifoq Respublikalari, 1990-yillargacha sotsialistik tuzum asosida rivojlangan, keyinchalik esa undan voz kechgan Sharqiy Yevropadavlatlari (Polsha, Chexiya, Slovakiya, Vengriya, Bolgariya va b.) hamda Mongoliya BMT tomonidan alohida o'tish iqtisodiyotidagi davlatlar blokiga birlashtiriladi. O'zbekiston ham o'tish iqtisodiyotidagi davlatlardan biri hisoblanadi. ...

Joylangan
21 Mar 2023 | 08:09:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
58.06 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
21 Mar 2023 [ 08:09 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
58.06 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: pptx