O'zbekiston RespublikaSI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIM VAZIRLIGI XORAZM VILOYATI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIM BOSHQARMASI Bog'ot tumani xalq ta'lim bo'limiga qarashli 8-umumiy o'rta ta'lim maktabining informatika fani o'qituvchisi Shamuratov Hamzaning 7-sinflarda Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida mavzusida 1 soatlik ochiq dARS ISHLANMASI Mavzu: Axborotlarni himoyalash va antiviruslar haqida. Darsning texnologik xaritasi Darsning blok-chizmasi Darsning borishi: a)tashkiliy qism. O'quvchilar bilan salomlashish, sinf ozodaligini tekshirish, o'quvchilar davomatini aniqlash. O'quvchilarni darsning mavzusi, rejasi, mazmuni va maqsadi bilan tanishtiriladi. Sinf o'quvchilarini ikki guruhga bo'lib olinadi va guruhlar nomlanadi, guruh sardorlari tayinlanadi. Masalan, 1-guruhni: NOD32, 2-guruhni esa KASPERSKY deb nomlash mumkin. Dars jarayonida darsning barcha bosqichlari musobaqa-o'yin, bahs-munozara tarzida o'tkazilsa, o'quvchilarning darsga bo'lgan qiziqishlari yanada ortib, ularning dars davomidagi faolliklari tobora oshib boradi. Dars jarayonida o'quvchilar BAHOLASH JADVALI yordamida baholanadi. Sinf xonasidagi yozuv taxtasiga bu baholash usulining nizomi osib qo'yiladi. O'quvchilarning dars jarayonida olgan baholari maxsus tayyorlangan tabloga joylab boriladi. Natijada dars davomida o'quvchilarni jamoaviy va individual baholash mumkin bo'ladi. Darsni yakunlash qismida guruhlarning dars jarayonida jamg'argan ballarini MS Excel dasturi yordamida diagramma ko'rinishida taqqoslab ko'rsatiladi. Dars davomida yuqoridagi tabloga guruhlar jamg'arib borayotgan quyidagi baho tablichkalari joylashtirib boriladi. Guruhlarning to'plagan ballari BAHOLASH JADVALI ga joylanadi. Uy vazifasini so'rash va o'tilgan mavzularni mustahkamlash uchun Power Point dasturida tayyorlangan slaydlardan foydalanib, TEZKOR JAVOB bahsini o'tkazish mumkin. (2 daqiqa). Guruhlarning to'plagan ballari BAHOLASH JADVALI ga joylanadi. b) Yangi mavzu bayoni. O'quvchilar yangi mavzuga oid bilimlarni to'liq o'zlashtirishlari uchun avvalo, axborot haqida umumiy tushunchaga, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlardan kelayotgan axborotlarning ijobiy va salbiy jihatlari haqida tasavvurga ega ...

Joylangan
22 Mar 2023 | 19:28:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
195.7 KB
Ko'rishlar soni
297 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Mar 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
195.7 KB
Ko'rishlar soni
297 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: docx