7-sinf Informatika Sanoq sistemalari. Bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o'tish dars ishlanma

7-sinf Informatika Sanoq sistemalari. Bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o'tish dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Informatika Sanoq sistemalari. Bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o'tish dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumani 1-maktab informatika fani o'qituvchisi Azimova Husniya Mavzu: Bir sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o'tish mavzulari bo'yicha takrorlash. Sinf 7 Darsning maqsadi: Ta'limiy: O'quvchilarga bir sanoq sistemasidagi sonlarni boshqa sanoq sistemasida tasvirlashda o'rgangan bilimlarini hayotda qo'llay olishlarini o'rgatish. Rivojlantiruvchi: O'quvchilarni mustaqil fikrlash, misollarni mustaqil bir sanoq sistemasidan boshqasiga o'tkazish , kundalik hayotda qo'llay olish malakasini oshirish va rivojlantirish . Tarbiyaviy: Vatanini sevish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, milliy valyutaga hurmatda bo'lish, odob-axloq qoidalariga rioya qilishni singdirish Kompetensiya TK: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda shaxsiy, oilaviy rejalarni tuza olish; kundalik faoliyatda turli formuladan foydalana olish. FOK: kompyuterlarning arifmetik va mantiqiy asoslariga oid amaliy masalalarni hal eta olish; turli sanoq tizimlarida amaliy masalalar yecha. olish. Dars usuli Olgan bilimlarni mustahkamlash, Noan'anaviy - innovatsion, Aqliy hujum metodi, O'tkazishni to'g'ri bajar, Valyo'talar charhpalagio'yinlari. Dars turi Bilim va ko'nikmalarni baholovchi va mustahkamlovchi. O'quv jarayonining amaliga oshirish texnologiyasi O'qitish usullari: blits-so'rov, savol-javob, misollar ishlash. O'qitish shakllari: guruhlarda ishlash, individual, jamoaviy. O'qitish vositalari: 7-sinf darsligi, mavzuga oid dars taqdimoti, tarqatma, kompyuter, . Monitoring va baholash: og'zaki va yozma, amaliy vazifalar. Savollar: Raqamlar va sonlarning farqini tushuntiring? Kundalik hayotimizda nechta raqam ishlatiladi? Arab va rim raqamlarining farqini tushuntiring? Qanday sanoq sistemasi turlarini bilasiz? 5. 102, 108, 10,1016 sonlar o'zaro tengmi? 6. Triada jadvali tushuntirib bering. 7.Tetrada jadvali tushuntirib bering. 8. Buyuk alloma al -Xorazmiy qaysi sanoq sistemasini mukammal pozitsiyali sanoq sistemasi sifatida dunyoga tanitgan? O'quvchilar savollarga bergan javoblarini asoslab berish orqali fanga bo'lgan qiziqishlarini namoyish etishadi. Noto'g'ri javob bergan o'quvchining javobini boshqa o'quvchi to'g'rilaydi va xatosi tushuntiriladi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 8.78 MB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:14 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 8.78 MB
Ko'rishlar soni 282 marta
Ko'chirishlar soni 34 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga