O'zbekiston RespublikaSI XALQ TA'LIMI VAZIRLIGI ANDIJON VILOYATI XALQ TA'LIMI BOSHQARMASI PAXTAOBOD TUMANI XALQ TA'LIMI BO'LIMIGA QARASHLI 18- SONLI UMUMTA'LIM MAKTABINING INFORMATIKA FANI O'QITUVCHISI O'SAROV XABIBULLONING 9-SINFLAR UCHUN ALGORITM TUSHUNCHASI VA UNING XOSSALARI MAVZUSIDA TAYYORLAGAN 1-SOATLIK Mavzu: Algoritm tushunchasi va uning xossalari. Darsning maqsadlari: a) Ta'limiy : o'quvchilarga algoritm tushunchasi va uning xossalari haqida tushuncha berish. b) Tarbiyaviy: o'quvchilarni Ona Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash va kompyuter xonasida xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilishga o'rgatish c) Rivojlantiruvchi: o'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish. Dars uslubi : Noan'anaviy Dars turi : yangi bilim va tushunchalarni umumlashtiruvchi Dars jihozi: darslik,plakatlar,tayyor prezentatsiya materiallari, test yozilgan tarqatmalar,ko'rgazmalar I. Darsning borishi: a) o'quvchilar bilan salomlashish b) o'quvchilar davomatini aniqlash c) sinf xona tozaligini ko'zdan kechirish O'qituvchi tashkiliy qismni o'tkazib bo'lgach , o'quvchilarga savollar beradi. II. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: Model va uning turlari Model va uning turlari mavzusini mustahkamlash uchun o'quvchilar bilan tarqatmalar orqali savol-javoblar tashkil qilinadi. II. Yangi mavzu bayoni: Mavzu: Algoritm tushunchasi va uning xossalari. Algoritm so'zi va tushunchasi IX asrda yashab ijod etgan buyuk alloma Abu Abdulloh Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy (783 - 850) nomi bilan uzviy bog'liq. Algoritm so'zi al-Xorazmiy nomini Yevropaolimlari tomonidan buzib talaffuz qilinishidan kelib chiqqan. Al-Xorazmiy arifmetikaga bag'ishlangan «Al-kitob al-muxtasar fi hisob al-jabr va almuqobala» nomli risolasida birinchi bo'lib o'nlik sanoq sistemasining prinsiplari va undagi to'rt amalni bajarish qoidalarini asoslab bergan. Olimning «al-Xorazmiy» nomi esa «algoritm» shaklida fanda abadiy o'rnashib qolgan. Odatda, inson o'z hayotiy tajribasi yoki o'zlashtirgan bilimlariga asoslanib, ma'lum bir harakatlar, boshqacha aytganda, ko'rsatma yoki buyruglar ketma-ketligini bajarish orgali kozlagan maqsadiga ...

Joylangan
22 Mar 2023 | 19:28:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
311 KB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: docx
Joylangan
22 Mar 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
311 KB
Ko'rishlar soni
255 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: docx