Axchaboyev Quvonchbek Xayrullo o'g'li Shahrixon tumani 22-umumta'lim maktabi informatika va AT fani o'qituvchisi Mavzu: Algoritmning asosiy xossalari. Reja: Tushunarlilik va aniqlik xossalari tushunchalari. Diskretlilik va natijaviylik xossalarining mazmuni. Ommaviylik xossasi va unga misollar. Mavzu: Algoritmning asosiy xossalari. I. tashkiliy davr: a) salomlashish; b) davomatni aniqlash; d) sinfni darsga tayyorlash. Algoritm deganda nimani tushunasiz? Algoritm so'zining kelib chiqish tarixini gapirib bering. Algoritm ijrochisi haqida nimalarni bilasiz? Qanday ko'rsatmalarni ijrochi bajara olmaydi? Quyida keltirilgan jadvalni misollar keltirib to'ldiring. II. Takrorlash: II. Yangi mavzuni bayoni: Avvalgi darsda algoritm va algoritm ijrochisi haqida so'z borgan edi. Endi algoritmning asosiy xossalari bilan kengroq tanishtiramiz: 1. Tushunarlilik. Algoritm ijrochiga tushunarli bo'lishi uchun ijrochining imkoniyatlarini bilish lozim. Agar ijrochi inson bo'lsa, u holda algoritm insonning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Bunda ko'zlangan maqsad va algoritmdan kelib chiqib inson tushunadigan til, insonning bilimi, hayotiy tajribasi, kasbiy malakasi, yoshi, qolaversa, jismoniy imkoniyatlari hisobga olinishi zarur. Agar ijrochi texnik vosita (masalan, kompyuter, elektron soat, dastgohlar) bo'lsa, u holda algoritm shu texnik vositaning imkoniyatlaridan kelib chiqib tuzilishi kerak. Demak, berilayotgan har qanday ko'rsatma ijrochinining ko'rsatmalar sistemasidan olinishi, ya'ni ijrochi uni qanday bajarishni bilishi kerak ekan. 2. Aniqlik. Algoritmdagi barcha amallar, ko'rsatmalar yoki buyruqlar bir ma'noli va aniq bo'lishi kerak. Masalan, ozgina tuz solinsin ( bir osh qoshiqmi yoki bir choy qoshiqmi yoki bir piyolami?), keragicha suv quyilsin (kerak deganda qancha suv nazarda tutildi: 1 litrmi, 100 litrmi, 1 tonnami?), insho yozib kelinsin (qaysi mavzuga oid?) kabi ko'rsatmalar har xil (ko'pincha keraksiz) natijalarga olib keladi. Bundan shunday xulosaga kelamiz, aniqlik xossasiga asosan ...

Joylangan
22 Mar 2023 | 19:28:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:25
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
22 Mar 2023 [ 19:28 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.43 MB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:25 ]
Arxiv ichida: pptx