9-sinf Informatika fanidan Mantiqiy amallar va ifodalar ochiq dars ishlanma

9-sinf Informatika fanidan Mantiqiy amallar va ifodalar ochiq dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Informatika fanidan Mantiqiy amallar va ifodalar ochiq dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

TOSHKENT VILOYATI NURAFSHON SHAHAR 9-UMUMTA'LIM MAKTABI INFORMATIKA VA AT FANI O'QITUVCHISI ABDULLAYEVA SHAHNOZANING MANTIQIY AMALLAR VA IFODALAR MAVZUSIDA DARS ISHLANMASI 2022-2023 o'quv yili Fan: Informatika va Axborot texnologiyalari Fan o'qituvchisi: Abdullayeva Shahnoza Sinf: 9 Mavzu: Mantiqiy amallar va ifodalar Vaqti: 45 daqiqa Darsning vaqt taqsimoti: tashkiliy qism: Salomlashish, sinfning tozaligini, ko'rgazmali qurollar va vositalarning darsga tayyorgarligini kuzatish, o'quvchilar davomatini aniqlash. II. Uyga vazifa: O'tilgan mavzu bo'yicha o'quvchilarda savollar bor yo'qligini so'rayman, agar savollar bo'lsa javob berish va uyga vazifani so'rash. Uyga vazifani Zakovat savol-javob metodi orqali so'rash. Zakovat metodi orqali o'tilgan mavzuni mustahkamlash. Bunda katta ekran orqali o'quvchilarga Zakovat taxtasi namoyish qilinadi. Bu yerda o'tilgan mavzu bo'yicha 12 ta savol bo'lib, o'quvchilar o'ng qo'l qoidasi asosida xohlagan raqamni tanlaydilar va raqam ostida berkitilgan savolga to'g'ri javob berishlari kerak bo'ladi. (Avvalgi darsda o'tilgan mavzu: Mantiq asoslari) Mantiq ilmi asoschisi kim? (To'g'ri javob: Aristotel) Mantiq atamasi inglizchadan olingan bo'lib qanday ma'noni anglatadi? (To'g'ri javob: fikrlash ilmi) Obyekt va hodisalarning belgilari, xususiyatlari va ular o'rtasidagi munosabatlar haqida tasdiqlangan yoki rad etilgan fikrlash shakli nima dep ataladi? (To'g'ri javob: Tushuncha) Obyekt va hodisalarning asosiy xususiyatlari, umumiy va muhim belgilarini yaxlit holda ifodalovchi fikrlash shakli nima dep ataladi? (To'g'ri javob: Mulohaza) Tafakkurning bir yoki bir necha hukmlardan yangi hukm chiqarish mumkin bo'lgan asosiy mantiqiy shakli nima dep ataladi? (To'g'ri javob: Xulosa) Mulohazalar tuzilishiga ko'ra nechta turga bo'linadi? (To'g'ri javob: 2 ta) Sodda mulohazalar ustida amallar bajarib, ya'ni va, yoki kabi bog'lovchilar, emas shaklidagi ko'makchilar yordamida hosil qilingan mulohazalar nima dep atalad? (To'g'ri javob: Murakkab mulohazalar) ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc
Fayl hajmi 6.37 MB
Ko'rishlar soni 684 marta
Ko'chirishlar soni 94 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:25 Arxiv ichida: pptx, doc
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, doc
Fayl hajmi 6.37 MB
Ko'rishlar soni 684 marta
Ko'chirishlar soni 94 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, doc
Tepaga