7-sinf Kimyo fanidan mashq daftari 2023

7-sinf Kimyo fanidan mashq daftari 2023

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Kimyo fanidan mashq daftari 2023 - rasmi

Material tavsifi

Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinf o'quvchilari uchun mo'ljallangan kimyo darsligida berilgan topshiriqlar, masala va mashqlarni o'quvchi dars davomida o'qituvchi bilan birgalikda darsning mustahkamlash qismida yechiladi. Uyga vazifani mukammal bajarish uchun darslik bilan birgalikda kompetensiyalarni batafsil shakllantirishga yordam beruvchi tavqimiy-mavzuiy rejaga mos qilib tuzilgan uyga vazifa daftari shakllantiradi. Bu daftarning afzallalliklari: -o'quvchi dars davomida o'zlashtirgan BKM lariga tayangan holda kundalik hayotda uchraydigan moddalarning xossalarini bilib oladi va kelajakda ulardan mustaqil foydalanish malakasiga ega bo'ladilar; -bu materiallar yuzasidan amaliy va nazariy masalalarni yechishda foydalanish va amaliyotda qo'llay olish malakasiga ega bo'ladilar; -o'quvchilarda kimyo faniga bo'lgan qiziqishlari ortib boradi. O'quvchilarga muammolarni mustaqil yechishga o'rgatadi, ularda mustaqil fikrlash, fikrlarni taqqoslash va o'z ustida mustaqil ishlash xususiyatlarini shakllantiradi; -o'qituvchi, o'quvchi, ota ona o'rtasidagi hamkorlik yaxshi yo'lga qo'yiladi. Foydalanish tartibi: o'qituvchi: - o'qituvchi uyga vazifa daftarini, unda bajargan topshiriqlarni muntazam tekshirib baholab boradi; -uyga vazifani tekshirish asnosida o'quvchi bilimidagi bo'shliqlarni aniqlab, ularni to'ldirish choralarini ko'radi; -o'quvchining mustaqil fikrlashi, muammolarini bartaraf qilish va hayotga tadbiq etish kompetensiyasi nazorat qilib boriladi. O'quvchi: -o'quvchi darslikdan dars jarayonida o'zlashtirgan BKM laridan foydalanib, uyga bergan topshiriqni bajaradi; -o'quvchi mavzuga mos topshiriqlarni hayotdagi tadbiq etilishiga ko'ra bajaradi, dunyoqarashi kengayadi; -mustaqil fikrlash, mustaqil ishlash ko'nikmalari hosil bo'ladi; -o'quvchining darsda olgan bilimlari kompetensiya darajasiga ko'tariladi. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 7-sinf o'quvchilari uchun kimyo fanidan kompetensiyalar shakllantirishga mo'ljallangan KIMYO DAFTARI 7-SINF o'quv yili 1-mavzu: Kimyo fani va uning vazifalari. Fan sifatida rivojlanish tarixi. 1. Uyda foydalaniladigan kimyoviy moddalarga misollar yozing? 2. Uyimizdagi tabiiy va sintetik moddalarga misollar yozing? Tabiiy: Sintetik: ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 82.85 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:15 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 82.85 KB
Ko'rishlar soni 223 marta
Ko'chirishlar soni 18 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga