7- sinflar uchun. STEAM asosida Suvning agregat holatlari va tabiatda aylanishi mavzusini o'quvchilarga tushuntirish Darsning maqsadi: Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga Suvning agregat holatlari va tabiatda aylanishi mavzusini hayotga bog'lagan holda nazariy hamda amaliy ma'lumotlar berish. Tarbiyaviy maqsad: Yosh avlodni ulug' ajdodlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash ular qalbida milliy va umuminsoniy qadriyatlar ezgulik va insonparvarlik tuyg'ularini singdirish Rivojlantiruvchi maqsad: Kimyo fani orqali hayotni to'g'ri tasavvur eta olish malakasini o'stirish, mantiqiy fikrlashga o'rgatish. Dars tipi: Yangi bilimlar va tushunchalarni hosil qilish va o'zlashtirish darsi Dars uslubi: Ko'rgazmali va amaliy Dars metodlari: Kreativ rag'bat metodi, quvnoq koptok metodi, kongitiv fikrlash metod, hamkorlikda o'rganish metod. Dars jihozi: Kompyuter, proyektor, slaydlar, kartochkalar, distillangan suv, oqava suv, muz, qaynatish uchun quruq yoqilg'i, mandarin, olma, limon, plakatlar, krassvordlar. O'tgan darsni mustahkamlash: 1. O'quvchilarga tabiatda suvni almashinuvi ga doir rang - barang plakatlar chizish topshirilgan. Sinfda plakatlar xamma joyga ilinib, ularni ko'rgazmasi tashkil etiladi. Kimda eng chiroyli va gayrioddiy plakat bo'lsa, o'sha o'quvchi g'olib deb topiladi. 2. Rasm chizishni hoxlalamaganlar suv haqida hikoya yoki she'r yod olishi va uni aytib beradilar. Yangi mavzu bayoni: Tabiatda suvning doimiy aylanish hodisasi mavjud bo'lib, u doimo bir holatdan ikkinchi holatga o'tadi. Shuni ta'kidlash kerakki, bulutlar suvning gaz holati emas, balki suv bug'ining kondensatsiyasi natijasidir. Uch so'z bilan suv aylanishini quyidagicha ta'riflash mumkin: yog'ingarchilik, bug'lanish, kondensatsiya. Suvning bir agregat holatidan ikkinchisiga o'tishiga sabab bo'ladigan 6 ta jarayon mavjud. Kondensatsiya - bug'ning suyuq holatga o'tish jarayoni. Kristallanish - suvning suyuq holatdan qattiq (muz) holatga o'tish jarayoni. Erish - qattiq holatdan (muz) suyuq holatga o'tish jarayoni. ...

Joylangan
23 Mar 2023 | 22:29:38
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.6 MB
Ko'rishlar soni
331 marta
Ko'chirishlar soni
67 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:15
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Mar 2023 [ 22:29 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
4.6 MB
Ko'rishlar soni
331 marta
Ko'chirishlar soni
67 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:15 ]
Arxiv ichida: docx