Mavzu : Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari ( takrorlash ) Darsining ta'limiy maqsadi : O'quvchilarga oksidlanish qaytarilish reaksiyalar, oksidlovchi,qaytaruvchi to'g'risida bilim berish. Oksidlovchi,qaytaruvchilarni aniqlash, oksidlanish -qaytarilish reaksiyalari tenglamalarini tuzish ko'nikmalarini hosil qilish . Oksidlanish - qaytarilish reaksiyalarini ahamiyatini anglatish . Darsning tarbiyaviy maqsadi : O'quvchilarda bir-biriga do'stona munosabatda bo'lish malakasini,bir-biriga yordam berish tuyg'usini,guruh bo'lib ishlash malakasini hosil qilish . Sinfda do'stona muhitni vujudga keltirish . Darsning rivojlantiruvchi maqsadi : O'quvchilarning mustaqil mutoala qilish , mustaqil bilim olish , o'qigan ,o'rgangan materiallar asosida xulosa qilish malakalarini rivojlantirish . Darsning jihozlari :plakatlar , tarqatmalar. Darsning turi : noanaviy ,sinov, berlashuv . Darsning borishi : I . tashkiliy qism : 1. Sinf xonasini darsga tayyorligini ,o'quvchilar davomatini , o'quv qurollari , formasini ko'zdan kechirish. 2. Sinf o'quvchilarini uch guruhga ajratish va ularni ,, oksidlovchilar , ,,qaytaruvchilar va ,,ham oksidlovchi ,ham qaytaruvchi guruhlari bilan nomlash. Sinfda jami 27 o'quvchi bo'lib har guruhda 9 tadan o'quvchi bo'ladi . II. Mavzu o'tilgan darslarda o'rganilgan va o'quvchilarga takrollab kelish topshirilgan. Dars bellashuv tarzda o'tadi .Doskaga faqat oksidlovchi , faqat qaytaruvchi va ham oksidlavchilar ,ham qaytaruvchi xossalarni namoyon qiluvchi moddalarning formulasi yozilgan doira shaklidagi qog'ozlar ilib qo'yilgan. Guruhlarning har bir o'quvchisi navbatma -navbat moddalardan o'z guruhi bilan nomlanuvchi moddalarni tanlaydi va ko'krak nishon qilib ta'qib oladi . Guruhlarning ishlari tekshirilib, xato va kamchiliklar kuzatib boriladi va baholab jadvalga qayt etiladi . Dars quyidagi shartlar bo'yicha davom etadi :Har bir guruhdan bir o'quvchi doskaga taklif etilib ularga oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari haqida ma'lumotlar yozilgan qog'ozlar beriladi . Ular ma'lumotlarni quyidagi tartibda joylashtirishlari zarur ...

Joylangan
23 Mar 2023 | 22:29:38
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
2.39 MB
Ko'rishlar soni
470 marta
Ko'chirishlar soni
176 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:21
Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
23 Mar 2023 [ 22:29 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx, docx
Fayl hajmi
2.39 MB
Ko'rishlar soni
470 marta
Ko'chirishlar soni
176 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:21 ]
Arxiv ichida: pptx, docx