Farg'ona vilоyati Beshariq tumani Xalq ta'limi bo'limi 1-umumiy o'rta ta'lim maktabi Kimyo fani o'qituvchisi QO'SHAQOVA FERUZANING Atrof muhitning sun'iy va tabiiy ifloslanish omillari mavzusidagi kimyo fanidan namunali ochiq dars ishlanmasi bo'yicha Mavzu Atrof muhitning sun'iy va tabiiy ifloslanish omillari. Darsning maqsadi: a) Ta'limiy: O'quvchilarga - Atrof muhitning sun'iy va tabiiy ifloslanish omillari haqida ma'lumot berish. b) Tarbiyaviy: O'quvchilarga mustaqil fikr yuritishni, olgan bilimlarini hayot bilan bog'lay olishni, ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish, estetik did axloqiy sifatlarini kasb-hunarga bo'lgan qiziqishlarini tashkil toptirish v) Rivojlantiruvchi: Mustaqil ishlash va fikrlash orqali bilim olishga, xotirani mustahkamlashga, tez fikrlashga o'rgatish, fanga qiziqishini ortirish. Darsning turi: Ana'naviy, yangi materiallarni o'rganuvchi dars Darsning usuli: Aqliy hujum, savol-javob, guruhlarda ishlash, Ven diagrammasi Darsning jihozi: Darslik, ko'rgazmali qurollar, videoproektor, plakatlar Yangi mavzuni bayoni: Reja: 1. Atmosferaning ifloslanishi 2. Tabiiy va suniy ifloslanish (antropogen ifloslanish) 3. Atmosfera havosini ifloslantiruvchi manbalar. Atmosferaning ifloslanishi deb, bir so'z bilan aytganda havo tarkibiga begona moddalar va qo'shimchalarni me'yoridan ortiq to'planishiga aytiladi. Ha voning ifloslanishi tabiiy yoki sun'iy (antropogen) bo'lishi mumkin. Tabiiy ifloslanish. Atmosferada doimo ma'lum miqdorda changlar bo'ladi. U tabiatda sodir bo'ladigan tabiiy hodisalar natijasida hosil bo'ladi. Bunday changlarni 3 turga: mineral (noorganik), organik va koinot changlariga ajratish mumkin. Toғ jinslarining emirilishi va nurashi, vulkanlarning otilishi, tuqay va o'rmonlarga o't ketishi, dengiz suvlarini parlanib havoda tuzga aylanishi mineral changlar hosil bo'lishiga sabab bo'ladi. Organik changlar havoda yashovchi aeroplankton organizmlar, bakteriyalar, sporalar, o'simlik urug'lari, o'simlik va hayvonlarning chirindi va chiqindilari hisobiga hosil bo'ladi. Koinot changlari meteoritlarning atmosferadan o'tish vaqtida yongan qoldiqlaridir. Antropogen ifloslanish asosan transport vositalarida, sanoat ...

Joylangan
23 Mar 2023 | 22:29:38
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.68 MB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:27
Arxiv ichida: docx
Joylangan
23 Mar 2023 [ 22:29 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
3.68 MB
Ko'rishlar soni
149 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: docx