Andijon viloyati Shahrixon tumani 31-maktabning kimyo fani o'qituvchisi Alijonova Sayyoraxonning bir soatlik dars ishlanmasi I.Darsning mavzusi: Sikloalkanlarning olinishi va xossalari. II.Darsning maqsadi: a) talimiy:Sikloalkanlar mavzusini o'rgatish. b) tarbiyaviy; O'quvchilarda o'zaro xurmat do'stlik jamoa bo'lib ishlash ko'nikmalarini shakllantirish. d) rivojlantiruvchi: O'quvchilar olgan bilimlarini shakllantirish, mustaqil fikrlash va dunyoqarashni kengaytirish. II. Darsning turi:Yangi bilimlarni beruvchi IV. Darsning uslubi: zanjir, venn diagrammasi, har kim har kimga o'rgatadi. V.Darsning jihozi:Ko'rgazma, tarqatma savollar, darslik, proektor, notebook. VI.Darsning texnologik xaritasi. 1.Tashkiliy qism. 3 daqiqa 2.O'tilgan mavzuni so'rash.10 daqiqa 3.Yangi mavzu bayoni. 15 daqiqa 4.Mustahkamlash. 15 daqiqa 5.Uyga vazifa berish va baholash. 2 daqiqa VII.Darsning borishi: 1.Tashkiliy qism.Salomlashish, navbatchi axborotini tinglash, o'quv qurollari va xona tozaligini ko'rish. O'quvchilar fikrini jamlash uchun zanjir metodidan foydalanamiz. Bunda kimyoga oid savol beriladi, SAVOL.Organik kimyo fani nimani o'rganadi? o'quvchilarning fikrlarini birma bir aytiladi o'qituvchi doskaga yozib boradi 2.O'tilgan mavzuni so'rash. O'tilgan mavzuni so'rashda Venn diagrammasi metodidan foydalanamiz. Doskaga venn diagrammasi chizmasi chizilgan ko'rgazma ilinadi.Ko'rgazmada o'tilgan mavzu yuzasidan ma'lumotlar yangi mavzudan ma'lumotlar va o'xshash qismlari birlashtirilgan holatlari tasvirlangan bo'ladi. Doskaga yumaloq shakl chizamiz va o'quvchilarga o'tilgan mavzu yuzasidan tarqatma savollar tarqatamiz.Savollarga javoblarni o'quvchilar stikerlarga yozib chiqib yopishtiradilar. Yangi mavzuni quyidagi reja asosida o'rganamiz. REJA 1.Sikloalkanlarni nomlanishi. 2.Sikloalkanlarni olinishi. 3.Fizik va kimyoviy xossalari. 4.Ishlatilishi. 3.Yangi mavzu bayoni. Biz ko'rib o'tgan atomlari ochiq zanjir hosil qiladigan to'yingan uglevodorodlar alkanlardan tashqari yopiq zanjirli, siklik tuzilishga ega bo'lgan uglevodorodlar ham bor ular sikloalkanlar deb ataladi. Sikloalkanlar quyidagi umumiy formulaga ega СnН2n. Sikloalkanlar tegishli alkanlardan molekulasi tarkibida 2 ta vodorod atomi kamligi bilan farq qiladi. Mana shu ...

Joylangan
23 Mar 2023 | 22:29:38
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
820.31 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:27
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
23 Mar 2023 [ 22:29 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
820.31 KB
Ko'rishlar soni
169 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:27 ]
Arxiv ichida: pptx