7-sinf Geometriya fanidan To'g'ri chiziq, kesma va nur mavzusida ochiq dars ishlanma

7-sinf Geometriya fanidan To'g'ri chiziq, kesma va nur mavzusida ochiq dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Geometriya fanidan To'g'ri chiziq, kesma va nur mavzusida ochiq dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Sana: 20- sentabr 2022 y. 7- sinf geometriya Mavzu: TO'G'RI CHIZIQ, KESMA VA NUR. Darsning maqsadi: To'g'ri chiziq va kesma haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish. Darsning ko'rgazmali qurollari:tarqatma materiallar, kompyuter,testlar. Darsning borishi: 1. tashkiliy qism - salom-alik qilish, davomatni tekshirish, zarur ko'rgazmali qurol va jihozlarni darsga hozirlash; 2. O'tilganlarni takrorlash va yangi mavzuni boshlashga hozirlik - yangi mavzu bilan bog'liq o'tilgan dars mavzularini takrorlash; o'quvchilarning yangi mavzuni o'tishdan oldin bu mavzuga oid bilim darajalarini aniqiash, baholash va yangi materialni o'zlashtirishga tayyorlash; yangi dars maqsadini tushuntirish; 3. Yangi mavzuni yoritish: To'g'ri chiziq Tarang tortilgan ip (10-rasm), stol va devorlarning qirralari to'g'ri chiziq haqida tasavvur beradi. Amaliyotda to'g'ri chiziqni chizishda yoki hosil qilishda chizg'ichdan, tarang tortilgan ipdan foydalaniladi. To'g'ri chiziq cheksiz shakl bo'lib, chizmada uning bir qismini aks ettirish mumkin (11-rasm). Odatda to'g'ri chiziq lotin alifbosining kichik harflari bilan a, b, c, … tarzida belgilanadi. To'g'ri chiziq o'ziga tegishli ixtiyoriy ikki nuqtasining ifodasi orqali (AB), (CD), (MN), … shaklida ham belgilanishi mumkin. Bunda (AB) ifoda AB to'g'ri chiziq deb o'qiladi. Chizma tekisligida to'g'ri chiziqqa tegishli bo'lgan va tegishli bo'lmagan nuqtalar mavjuddir (12-rasm). Agar B nuqta b to'g'ri chiziqqa tegishli bo'lsa, Bb tarzida, agar A nuqta b to'g'ri chiziqqa tegishli bo'lmasa, Ab shaklia ifodalanadi. Bunda -tegishlilik, -tegishli emaslik belgisi. Bb ifodani b to'g'ri chiziq B nuqtadan o'tadi, Ab ifodani esa b to'g'ri chiziq A nuqtadan o'tmaydi, deb ham o'qish mumkin. Agar biror b to'g'ri chiziqqa P va Q nuqtalar tegishli bo'lsa, b to'g'ri chiziq P va Q nuqtalardan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 73.36 KB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:14 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 73.36 KB
Ko'rishlar soni 238 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga