Sana: «13» oktabr 2022- yil. Mavzu: UCHBURCHAKNING O'RTA CHIZIG'I VA UNING XOSSASIGA OID MURAKKABROQ MASALALAR Darsning maqsadi: a) ta'limiy maqsad: Uchburchakning o'rta chizig'i haqida tushuncha berish, misollar keltirish, ularning har biriga izoh berish. b) tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni o'zaro maqsadiga erishish ruhida tarbiyalash, bir-birlariga o'zaro hurmat, jamoa bo'lib ishlash, o'zaro yordam va berilgan vazifani bajarishda mas'uliyat sezish ko'nikmalarini tarkib toptirish. c) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarni mustaqil ishlash, ijodiy izlanish orqali bilim olishga,xotirani mustahkamlashga, tez fikrlash, fikrini aniq ifodalashga o'rgatish,nutq madaniyatini o'stirish. d) O'zinio'zirivojlantirishkompetensiyasi: o'z-o'zinima'naviy, ruhiy, intellectual va kreativ rivojlantira olish, kamolotga intila olish, hayot davomida matematikani mustaqil o'qib-o'rgana olish, kognitivlik ko'nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, qabul qilingan mezonlarga asosan o'z xatti-harakatini muqobil baholay olish va mustaqil qaror qabul qila olish. Darsning uslubi: savol-javob, munozara. Darsning ko'rgazmali qurollari: darslik, doska, bo'r, tarqatma materiallar, jadvallar, geometrik shakllar. Darsning borishi: Uchburchakning o'rta chizig'i Ta'rif. Uchburchakning o'rta chizig'i deb uning ikki tomoni o'rtalarini tutashtiruvchi kesmaga aytiladi. ABC uchburchakda AD =DB va CE = EB bo'lsin, u holda DE o'rta chiziq bo'ladi (ta'rifga ko'ra). DE o'rta chiziqqa nisbatan AC tomon asos deb ataladi (79- rasm). Har qanday uchburchakda uchta o'rta chiziq bo'ladi (80- rasm). Teorema. Uchburchakning o'rta chizig'i uning uchinchi tomoniga parallel, uning uzunligi esa bu tomon uzunligining yarmiga teng. Berilgan: ABC da: AD = DB va CE = EB (81- rasm). Isbot qilish kerak: 1) DE AC; 2) DE =AC . Isbot. 1) D nuqta orqali AC tomonga parallel DE kesmani o'tkazamiz (81-rasm), ya'ni DE AC Bu to'g'ri chiziq (Fales ...

Joylangan
26 Mar 2023 | 19:35:12
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
129.44 KB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
26 Mar 2023 [ 19:35 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
129.44 KB
Ko'rishlar soni
207 marta
Ko'chirishlar soni
24 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: docx