11-sinf Algebra fanidan O'rta qiymat. Moda. Mediana mavzuda dars taqdimoti

11-sinf Algebra fanidan O'rta qiymat. Moda. Mediana mavzuda dars taqdimoti

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
11-sinf Algebra fanidan O'rta qiymat. Moda. Mediana mavzuda dars taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz shahar 10-IDUM matematika fani o'qituvchisi Tursunova Fayyozaning 11 - v sinf uchun algebra fanidan tayyorlagan slaydi Mavzu: O'rta qiymat. Moda.Mediana. REJA: O'rta qiymat haqida tushuncha Agar variantalar X1, X2,…… Xn bo'lsa, tanlanmaning o'rta qiymati X=(x1+x2+…xn)n songa aytiladi. Moda haqida tushuncha Berilgan variatsion qatorda o'rganilayotgan belgining eng ko'p uchraydigan qiymati moda deyiladi va M0 kabi belgilanadi. Mediana haqida tushuncha Variatsion qator hadlarining soni toq bo'lsa, bu qator o'rtasida joylashgan had mediana deyiladi va Me kabi belgilanadi . Variatsion qator hadlarining soni juft bo'lsa, bu qator o'rtasida joylashgan ikkita sonning o'rta arifmetigi mediana bo'ladi. Tanlanmaning kengligi haqida tushuncha Variatsion qatorning eng katta hadi Xn bilan eng kichik hadi X1 orasidagi farq (ayirma), ya'ni Xn - X1 son X1, X2 …, Xn tanlanmaning kengligi deyiladi. . 475-masala. 12, 14, 9, 13,15; tanlanmaning:1) o'rta qiymati; 2) modasini; 3) medianasini; 4) kengligini toping. 1.O'rta qiymatni hisoblaymiz. Variatsion qator: 9,12,13,14,15; (9+12+13+14+15)5=12.6 Javob: 12.6 2. Modasini topamiz. Bu tanlanmaning modasi yuq. Chunki har bir tanlanma bir martadan olingan. 3. Ushbu masalaning medianasini hisoblaymiz. yechish: 9,12,13,14,15; tanlanma toq bo'lganligi uchun, o'rtasidagi 13 soni mediana bo'ladi. Javob: 13. 4. Berilgan masalani kengligini hisoblaymiz. yechish: 15-9=6 Javob:6 Test1. Moda deb qanday qiymatga aytiladi. Test2. Variatsion qatorning eng katta hadi Xn bilan eng kichik hadi X1 orasidagi farq (ayirma), ya'ni Xn - X1 son X1, X2 …, Xn … ta'rifni davom ettiring. Quyidagi masalani mustaqil yechishga harakat qiling. To'qqiz kishidan iborat hakamlar hay'ati 10 balli shkalada raqqosaning raqsini baholadi. Kuzatish natijalari jadvalda keltirilgan: 1) o'rta qiymatini; 2) modasini; ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 278.68 KB
Ko'rishlar soni 646 marta
Ko'chirishlar soni 170 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:05 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 278.68 KB
Ko'rishlar soni 646 marta
Ko'chirishlar soni 170 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga