Atmosfera. Yerning iqlim mintaqalari Atmosfera va uning tuzilishi. Atmosfera (yunoncha, bug' - havo qobig'i) geografik qobiqning eng yuqori qismini egallagan, yengil va serharakat havo qobig'idir. U Yerning boshqa qobiqlari bilan muntazam ravishda aloqada bo'lib, o'zaro ta'sir etib turadi. Atmosferaning quyi chegarasi Yer yuzasidan, yuqori chegarasi 2 ming km balandlikdan o'tadi. Atmosfera massasining 99,5 % i 80 km gacha bo'lgan quyi qismiga to'g'ri keladi. Atmosferaning gaz tarkibini birinchi bo'lib 1774- yilda fransiyalik olim A. Lavuazye aniqlagan. Hozir uning tarkibida 78 % azot, 21 % kislorod va 1 % boshqa gazlar uchraydi. Yer o'ziga tortish kuchi bilan havoni ushlab turadi. Shuning uchun ham sayyoramizda atmosfera bor. Atmosfera qatlamli tuzilishga ega. Ular bir-biridan harorati, zichligi, bosimi kabi xususiyatlari bilan farqlanadi. Quyi qatlam - troposfera (yunoncha, burilish) Quyosh nuri va Yerdan qaytgan nur hisobiga isiydi. Havo harorati dengiz sathida +14 °C bo'lsa, troposferaning yuqori chegarasida -55 °C gacha pasayadi. Bu qatlamga atmosfera havo massasining 80 % i to'g'ri keladi. Xilma-xil jarayonlar (suvning aylanma harakati, yog'inlar, shamollar) shu qatlamda kuzatiladi. Qalinligi ekvatorda 17 km, qutblarda 8 - 9 km. Havo harorati har 100 m balandlikka ko'tarilganda o'rtacha 0,6 °C soviydi. Troposferadan yuqorida stratosfera (50 - 55 km gacha), mezosfera (80 - 85 km gacha), termosfera (1 00 km gacha), ekzosfera (2 00 km gacha) joylashgan (6- rasm). Iqlim hosil qiluvchi omillar. Yer yuzasi iqlimining xilma-xil bo'lishiga, asosan, uchta omil ta'sir etadi. Geografik kenglik omili harorat, bosim, havo massalari va doimiy shamollarning zonal tarqalishiga olib keladi. Havo haroratining Yer yuzasida tarqalishi quyosh energiyasiga bog'liq. Ekvatordan har ...

Joylangan
26 Mar 2023 | 20:28:06
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
797.54 KB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:13
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Mar 2023 [ 20:28 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
797.54 KB
Ko'rishlar soni
238 marta
Ko'chirishlar soni
44 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:13 ]
Arxiv ichida: pptx