Dunyo okeani va uning qismlari OKEANLAR TABIATI Dunyo okeani. Olimlarning fikricha, okean atamasi yunoncha qirg'oqsiz dengiz, Yerni aylanib oquvchi buyuk daryo, degan ma'nolarni anglatadi. Dunyo okeani atamasini rus olimi Y. M. Shokalskiy 1917- yilda fanga kiritdi. Yer sharining uzluksiz suvli qobig'i Dunyo okeani deb ataladi. Dunyo okeani Yer sharining 361 mln kv km maydonini egallaydi. Suv Yer yuzasining Shimoliy yarimsharda 61 % ini, Janubiy yarimsharda 81 % ini qoplagan. Yer Shimoliy, Janubiy, G'arbiy va Sharqiy yarimsharlarga ajratilishidan tashqari, yana okeanlar yarimshari va materiklar yarimshariga ham bo'linadi. Okeanlar yarimsharida Yer yuzining 90,5 % qismini suv qoplagan (7- rasm). Dunyo okeanining o'rganilish tarixi. Buyuk geografik kashfiyotlar davri (XV asrning ikkinchi yarmi - XVII asrning birinchi yarmi)dan boshlanadi. Bu davrda X. Kolumb, J. Kabot, V. da Gama, A. Vespuchchi, F. Magellan, F. Dreyk, V. Yanszon, A. Tasman va boshqalar Dunyo okeanida suzishib, muhim kashfiyotlar qilishgan. Shu bilan birga, oqimlar, materik va orollar, quruqlik qirg'oqlari, suv ning sho'rligi, harorati, hayvonot olami to'g'risida qimmatli ma'lumotlar to'pladilar. XVII - XIX asrlarda okeanni tadqiq etish ilmiy yondashuv asosida olib borildi. Jumladan, J. Kuk, I. F. Kruzenshtern va Y. V. Lisyanskiy, F. F. Bellinsgauzen va M. P. Lazarev, S. O. Makarov, Chellenjer kemasi a'zolari Dunyo okeani geografiyasi uchun eng zarur ma'lumotlar to'pladi. Masalan, Chellenjer ekspeditsiyasi natijalari okeanografiya faniga asos soldi. XX asrdan boshlab maxsus dengiz tashkilotlari tuzilib, Dunyo okeanini xalqaro hamkorlik asosida o'rganish ishlari tashkil etildi. 1920- yildan keyin okean suvlari chuqurlik bo'yicha o'rganila boshlandi. 1960- yilda fransuz Jan Pikar Mariana cho'kmasini zabt etdi. Endilikda kemalar zamonaviy asbobuskunalar ...

Joylangan
26 Mar 2023 | 20:28:06
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
291 marta
Ko'chirishlar soni
94 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Mar 2023 [ 20:28 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.92 MB
Ko'rishlar soni
291 marta
Ko'chirishlar soni
94 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx