Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 47-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining geografiya o'qituvchisi MEYLIYEVA GULRUXning 7- sinf geografiya fanidan YEVROSIYO IQLIMI mavzusiga 1 soatlik dars ishlanmasi. Yevrosiyo iqlimi Geografik kenglikning iqlimga ta'siri Yevrosiyoda iyul oyining o'rtacha harorati ancha yuqori. shimolida bu harorat +12 °C ga va janubida +28 °C ga teng. Arabiston yarimorolida es +32 °C ni tashkil etadi. Qish materikning g'arbida iliq, lekin shimoli-sharqida juda sovuq bo'ladi. Ayniqsa, Sibirda yanvar oyining o'rtacha harorati -48 °C gacha pasayadi. Ayrim kunlari bu harorat Oymyakonda -71 °C ga tushib ketgan. Shuning uchun bu yer Shimoliy yarimsharning sovuqlik qutbi deb ataladi. Qish Yevropaning janubi-g'arbida iliq, Osiyoning janubida esa issiq (+20 °C) bo'ladi. Dunyodagi eng ko'p yog'in tushadigan joy Hindistondagi Cherrapunja qishlog'idir. Bu yerda o'rta hisobda yiliga 12 665 mm yog'in yog'adi. 1856- yilda bu yerga 23 00 mm ga yaqin yog'in tushgan. Balandlik iqlim mintaqalari Alp, Karpat, Kavkaz, Tyanshan, Himolay kabi tog'larda ko'zga yaqqol tashlanib turadi. Tibet va Pomir tog'liklaridagi iqlim baland tog' iqlimi bo'lib, yozining iliqligi, qishining qattiq sovuqligi va atmosfera yog'inlarining juda kam yog'ishi bilan boshqa joylardan farq qiladi. G'arbiy Yevropada yog'in ko'p yog'adi, qish ancha iliq, yoz esa salqin bo'ladi. Topshiriqlar 1. Mavzuni o'qish 2. Yozuvsiz xaritadan Yevrosiyo iqlimini bo'yab kelish (shartli belgilari birga) 3. Muhim ma'lumotlarni yozish ...

Joylangan
26 Mar 2023 | 20:28:06
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.28 MB
Ko'rishlar soni
374 marta
Ko'chirishlar soni
71 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:14
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
26 Mar 2023 [ 20:28 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.28 MB
Ko'rishlar soni
374 marta
Ko'chirishlar soni
71 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:14 ]
Arxiv ichida: pptx