9-sinf Iqtisod fanidan O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyati dars ishlanma

9-sinf Iqtisod fanidan O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyati dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Iqtisod fanidan O'zbekiston Respublikasining iqtisodiy salohiyati dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSINING IQTISODIY SALOHIYATI Respublikamiz maydoni 448,9 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Uning 60 foizi qishloq xo'jaligiga yaroqli yerlardir. 2019- yil 1- yanvar holatiga mamlakatimiz aholisi 33 million kishidan oshib ketdi. Ishchi kuchi resurslari aholining deyarli yarmini tashkil qiladi. O'zbekiston hududida 2700 dan ortiq foydali qazilmalarning istiqbolli konlari topilgan. Respublika yer ostidan yiliga qazib olinayotgan foydali qazilmalarning qiymati 5,5 milliard dollardan ko'pdir. Mamlakatimiz mis zaxiralarining miqdori bo'yicha dunyoda yettinchi o'rinda turadi. Uranning topilgan zaxiralari uni 50-60 yil qazib olishni ta'minlaydi. O'zbekiston aniqlangan uran zaxiralari bo'yicha dunyoda 11- o'rinni, qazib olish bo'yicha esa 9- o'rinni egallaydi. Respublikamizda 160 dan ortiq gaz, neft, ko'mir konlari qidirib topilgan va ochilgan, ularning ko'pi foydalanishga topshirilgan. Ulardan 5 million tonnadan ortiq neft va gaz kondensati olinadi. Har yili Respublikamizda 50 milliard kub metrdan ortiq zangori yonilg'i - gaz olinadi. Bir yilda qazib chiqariladigan ko'mir to'rt million tonnadan ortiqni tashkil etadi. O'zbekistonda qidirib topilgan ko'mirning umumiy zaxiralari 2 milliard tonnadan ko'p. Paxta tozalash, mashinasozlik, neftni qayta ishlash, rangli metallurgiya, energetika, to'qimachilik, gaz, avtomobilsozlik, qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlash, elektrotexnika, radiotexnika va boshqalar. 100 dan ortiq tarmoqqa mansub 2200 dan ziyod yirik ishlab chiqarish korxonalari faoliyat ko'rsatmoqda Hozirgi kunda AQSHning General Motors kompaniyasi bilan qilinayotgan hamkorlikda Tracker, Gentra, Nexia-3, Malibu va Spark rusumli jahon standartlariga to'la javob beradigan zamonaviy avtomobillar ishlab chiqarilmoqda. Samarqand shahrida esa Isuzu rusumli o'rta hajmli avtobuslar va yuk avtomashinalari hamda MAN va KAMAZ rusumli yirik tonnali yuk avtomashinalari ishlab chiqarilmoqda O'tgan bir yil ichida YaIM tarkibidagi sanoatning ulishi 22,2% dan 26,3% gacha ortgan ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.15 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:25 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 3.15 MB
Ko'rishlar soni 151 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga