Jizzax viloyati zomin tumani 22-umumiy o'rta ta'lim maktabining TEXNOLOGIYA fani o'qituvchisi Karimov Abbosning 6-sinf uchun bir soatlik ochiq dars ishlanmasi Mavzu: Keramika turlari va xossalari Zomin-2023-yil Darsdan maqsadim: 1. Ta'limiy maqsad: O'quvchilarga mavzuni to'liq yoritib berish, batafsil ma'lumotlarni yetkazish va ko'nikma hosil qilish. 2. Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarini Bajaradigan ishlarini Mohirona qilingan holda aniqlik bilan foydalantirish. 3. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarning Hayot yo'lida o'zlari o'rgangan kasbi, hunarini, ishlarini Qo'llay olishi va bemalol Bajarish qobiliyati. KERAMIKA. KERAMIKA TURLARI VA XOSSALARI Keramika (yun. keramos - tuproq) - tuproq (gil, kaolin) yoki anorganik moddalarni yuqori haroratlarda pishirish yo'li bilan olinadigan nometall material va buyum. Keramik material va buyumlar ishlab chiqarish uchun gil asosiy xomashyo hisoblanadi. Gil tog' jinslarining mayda jinsi bo'lib, suv bilan plastik qorishma hosil qilish, quriganidan keyin berilgan shaklni saqlab qolish va pishirilganidan keyin tosh qattiqligiga ega bo'lish xususiyatiga ega. Dag'al keramika (notekis tarqalgan yirik zarralardan tashkil topgan, g'ovakligi 5-30 %, ularga qurilish materiallari, g'isht, koshin va boshqalar kiradi). Nafis keramika (tekis tarqalgan mayda zarralardan tashkil topgan, g'ovakligi 5 % gacha, ularga sopol, chinni, fayans, ba'zi olovbardoshmateriallar, yarim chinni kabilar kiradi). Keramik kompozitsion materiallarni olish texnologiyasi Keramik buyumlar tayyorlash uchun dastlab tuproq, kaolin, qum, dala shpati, metallurgiya va ba'zi sanoat chiqindilari sharli tegirmonda kukun holiga keltiriladi. So'ngra hosil bo'lgan moddaga suv qo'shib aralashtiriladi va olingan oquvchan holatdagi qorishma aralashtirgichli hovuzchalarga quyiladi. Qoliplash usulidan kelib chiqib, qorishma filtr-press yoki maxsus purkash qurilmalarida ma'lum miqdorgacha suvsizlantiriladi. So'ngra namligi 6-12 % li kukun holidagi qorishmalardan presslar yordamida, 15-25 % li qorishmalardan esa yoyish, bosish yoki kulolchilik ...

Joylangan
02 Apr 2023 | 20:07:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.01 MB
Ko'rishlar soni
344 marta
Ko'chirishlar soni
87 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:12
Arxiv ichida: docx
Joylangan
02 Apr 2023 [ 20:07 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.01 MB
Ko'rishlar soni
344 marta
Ko'chirishlar soni
87 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:12 ]
Arxiv ichida: docx