Navoiy viloyati Qiziltepa tumani 27- umumiy o'rta ta'lim maktabi fizika fani o'qituvchisi Ismoilova Feruzaning Tok manbalarini ketma-ket ulash mavzusida yozgan bir soatlik dars ishlanmasi. Mavzu: Tok manbalarini ketma-ket ulash.(Amaliy mashg'ulot) Darsning maqsadi: a)o'quvchilarga tok manbalari, ularni ulash usullari va manba uchlaridagi kuchlanishni o'lchashni o'rgatish. b)o'quvchilarda o'z-o'ziga ishonch,hamjihatlik,bir-biriga hurmat tushunchalarini shakllantirish. v)o'quvchilarga meva va sabzavotlar nafaqat iste'mol qilish uchun, balki ulardan tok olish mumkinligini tushuntirish. Darsda o'quvchilar mustaqil ishlarni bajarish jarayonida tajribalar o'tkazish,fizik kattaliklarni o'lchash va xulosalar chiqarish,fizik bilimlar va asboblardan amaliyotda foydalana olish kompetensiyalari rivojlanadi. Darsning turi:yangi bilimlar berish. Darsning jihozi: elektron doska,slayd,3 dona 1,5voltli galvanik element, tarqatma materiallar,meva va sabzavotlar,12 voltli 1 dona galvanik element,voltmetr,ulovchi simlar va temir,mis simchalar. Darsning borishi : 1. tashkiliy qism:Salomlashish,navbatchi axborotini tinglash,o'quvchilarni guruhlarga ajratish,muhim sanalarni so'rash. 1-guruh:Elektr kuchlanish 2-guruh:Tok kuchi 3-guruh:Elektr qarshilik 4-guruh:Elektr zaryad Guruh sardorlari har bir guruh nomini izohlashadi,darsga mos nomlar qo'yiladi.Shu tariqa o'quvchilar o'tilgan mavzularni bir esga olishadi. 2. O'tilgan mavzuni mustahkamlash: savol-javob va masala yechish usulida mustahkamlanadi. 1)Tok manbayi nima? 2)tok kuchini o'lchovchi asbob nima? 3)ketma-ket ulash nima? 4)Kuchlanishni o'lchovchi asbob nima? To'rtta guruhdan bir nafardan o'quvchi chiqib bilet tortishadi va biletdagi masalani yechishadi.O'quvchi masalani to'g'ri yechsa mexanik sistema dagi javob lampochkasi yonadi,agar xato yechsa lampochka yonmaydi. 3. Yangi mavzu bayoni: Tok manbalarini ketma -ket ulash jarayonida tokning kuchi o'zgarmaydi. Shuning uchun biz kuchlanishni o'lchaymiz.Buning uchun dastlab 3 dona 1,5 voltli galvanik element olamiz.So'ngra har bir galvanik element uchlaridagi kuchlanishni voltmetr yordamida o'lchab olamiz. Esda saqlang! Tok manbaini uchlaridagi kuchlanishni o'lchash uchun, manbaning musbat (+) qutbini voltmetrning musbat (+) qisqichiga,manbaning ...

Joylangan
07 Apr 2023 | 16:46:33
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
169.52 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:19
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Apr 2023 [ 16:46 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
169.52 KB
Ko'rishlar soni
208 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:19 ]
Arxiv ichida: docx