9-sinf Fizika Sana: Tayyorladi: Tohirov A Darsning mavzusi: Quyosh sistemasidagi sayyoralar. Kepler qonunlari Darsning maqsadi : ta'limiy maqsad: O'quvchilarga Quyosh sistemasidagi sayyoralar. Kepler qonunlari haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy maqsad: O'quvchilarni tabiatga bo'lgan muhabbatini o'yg'otish, Tabiatni asrab avaylashga o'rgatish.Vatanga bo'lgan sadoqat ruhida o'quvchilarni tarbiyalash. Rivojlantiruvchi maqsad: O'quvchilarni mustaqil fikrlashga o'rgatish,nutq madaniyatini o'stirish. II.Dars turi: ma'ruza II.Dars jihozi: Rasmli plakatlar , slaytlar IV. Darsning xronologik tuzilishi: Darsning borishi 1.tashkiliy qism: O'quvchilarni darsga jalb qilish. Salomlashish. Sinfxona tozaligini nazorat qilish.Yuqlama qilish. Dunyo yangiliklaridan xabardor qilish. 2. O'tilgan mavzu bayoni: Takrorlash 3.Yangi mavzuning bayoni:Buyuk Uyg'onish davrida polshalik astronom N.Kopernik (1473-1543) Quyosh sistemasi haqida yangi ta'limot - geliotsentrik sistemani yaratdi. Bu ta'limotga ko'ra, markazdagi Quyosh atrofida sayyoralar aylanib yuradi. Bu inqilobiy ta'limot o'sha davrgacha hukmron bo'lgan geotsentrik sistemaga, ya'ni «Yer - Olamning markazi» degan tasawurga qattiq zarba berdi va uni inkor etdi.Quyosh va uning atrofida aylanib yuruvchi barcha osmon jismlari birgalikda Quyosh sistemasini tashkil etadi. (1-rasm) 1-rasm: Quyosh sistemasi va sayyoralar Quyosh sistemasida yirik osmon jismlari bo'lgan 8 ta sayyora va ular atrofida aylanib yuruvchi 100 dan ortiq tabiiy yo'ldoshlar, mayda osmon jismlari bo'lgan 40 mingtagacha astroidlar, 2 mingga yaqin kometalar va boshqa turli xildagi osmon jismlari mavjud. Tunda osmon gumbazida ba'zi bir «yulduz»ning joyi boshqasiga nisbatan o'zgarib qolishini kuzatish mumkin. Go'yoki, bunday «yulduz» boshqalari orasida sayr qilib yurgandek tuyuladi. Sayr qilib yurgandek tuyulgan bu «yulduz»lar aslida sayyoralardir (2-rasm) 2-rasm: Sayyoralar Keplerning birinchi qonuni : sayyoralarning orbitalari geometriyasining trayektoriyasini bayon qilib beradi. Siz maktab geometriya kursini yodga olsangiz, ellips degan shakl esingizga tushsa kerak. ...

Joylangan
07 Apr 2023 | 16:46:33
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
358.61 KB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:23
Arxiv ichida: docx
Joylangan
07 Apr 2023 [ 16:46 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
358.61 KB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:23 ]
Arxiv ichida: docx