9-sinf Fizika ochiq dars ishlanma. Issiqlik miqdori. Solishtirma issiqlik sig'imi

9-sinf Fizika ochiq dars ishlanma. Issiqlik miqdori. Solishtirma issiqlik sig'imi

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
9-sinf Fizika ochiq dars ishlanma. Issiqlik miqdori. Solishtirma issiqlik sig'imi - rasmi

Material tavsifi

9-sinf Mavzu: Issiqlik miqdori. Solishtirma issiqlik sig'imi Darsning maqsadi. a) O'quvchilarga issiqlik miqdori hamda solishtirma issiqlik sig'imi orasidagi bog'lanish haqida tushuncha berish, tabiatdagi barcha moddalarning alohida issiqlik sig'imga ega ekanligini tushuntirish, mavzuga doir masala yechishda formulani qo'llay olishni o'rgatish. b) O'quvchilarga fanga oid ekologik tarbiya berish, ehtiyotkorlikka o'rgatish d) O'quvchilarning fanga qiziqishini oshirish, tasavvurini kengaytirish Tayanch kompitensiyalar: Axborot bilan ishlash kompetensiyasi: turli axborot manbalaridan kerakli ma'lumotlarni mustaqil ravishda izlab topa olishi va ulardan foydalanish, axborot xavfsizligi qoidalarini bilish va rioya qila olish. O'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi: o'zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o'zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o'z xatti harakatini muqobil baholay olish. Matematik savodxonlik, fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo'lish hamda foydalanish kompetensiyasi: aniq hisob-kitoblarga asoslangan holda kundalik rejalarini tuza olish, formulalardan foydalanib, masalalar yecha olish; inson mehnatini yengillashtiradigan asboblardan foydalanish. Dars turi: o'quvchilarga yangi bilim berish Tayanch so'zlar:temperatura, issiqlik, issiqlik uzatish, issiqlik miqdori, issiqlik sig'imi, solishtirma issiqlik sig'imi. Dars jihozlari:tarqatma materiallar, formulalar bukleti, fizika laboratoriya jihozlari, mavzuga doir ko'rgazmali qurollar, kompyuter, doska, bo'r, darslik. Darsda foydalaniladigan metodlar: «Aqliy hujum», loyihalash, savol-javob interfaol metodlari. Dars rejasi: tashkiliy qism (2 minut). 2.O'tilgan mavzularni takrorlash uchun o'yinlar tashkil qilish (12 minut). 3. Yangi mavzuning bayoni (13 minut). 4. Yangi mavzuni mustahkamlash uchun savollar berish, mantiqiy fikrlashga yo'naltiruvchi savol-javoblar uchun(6 minut). 5. Mavzuga doir masala yechish uchun (9) 6. O'quvchilarni baholash(2 minut) 7. Uyga vazifa berish (1 minut) Darsning borishi tashkiliy qism. Dars jihozlarini tayyorlash, o'quvchilar bilan salomlashish, o'quvchilar davomatini aniqlash, yangi mavzuni doskaga yozish O'tilgan mavzularni takrorlash ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 464.9 KB
Ko'rishlar soni 395 marta
Ko'chirishlar soni 88 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:24 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 464.9 KB
Ko'rishlar soni 395 marta
Ko'chirishlar soni 88 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga