Jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar Reja: 1. Bezorilik jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili 3. Qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o'yinlarni tashkil etish hamda o'tkazish jinoyatining yuridik tahlili. 1. Bezorilik jinoyati tushunchasi va yuridik tahlili (JK 277-moddasi) Jinoyatning asosiy bevosita obyekti jamoat tartibini taminlovchi munosabatlardir. Qo'shimcha bevosita obyekt - shaxsning, uning sog'lig'i, jismoniy daxlsizligi, shani, qadr-qimmatining, shuningdek o'zganing mulkining xavfsizligini taminlovchi ijtimoiy munosabatlar. Jamoat tartibi - odamlar o'rtasidagi munosabatlarni, xavfsizlik va fuqarolar tinchligini taminlovchi, o'zgalar mulkini saqlash, mulkchilik shaklidan qati nazar, jamoat va davlat tashkilotlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning bir me'yorda ishlashini ta'minlashga qaratilgan axloq va huquq normalariga asoslanuvchi tartib. obyektiv tomondan bezorilik jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do'pposlash, badanga yengil shikast yetkazish yoki o'zganing mulkiga shikast yetkazish yoxud nobud qilish natijasida ancha miqdorda zarar etkazishda aks etadi. Sudlar bezorilik jinoyati bilan ma'muriy huquqbuzarlik hisoblanmish mayda bezorilikni bir-biridan farqlashlari zarur. Mayda bezorilik tushunchasi O'zbekiston Respublikasi ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 183-moddasida berilgan bo'lib, uning mazmuniga ko'ra, ushbu huquqbuzarlik jamoat joylarida uyatli so'zlar aytish yoki shunday so'zlar bilan so'kinish, behayo qiliqlar ko'rsatish yoxud odamlarga nisbatan haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibi va fuqarolar osoyishtaligini buzish kabi jamiyatda yurish-turish qoidalarini ochiqdan-ochiq mensimaslik harakatlarida ifodalanadi. Bunda JK 277-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan jinoiy oqibatlar mavjud bo'lmasligi kerak. Guruh tomonidan sodir etilgan mayda bezorilikni, basharti, ularning harakatida JK 277-moddasining 1-qismi alomatlari bo'lmasa, JK 277-moddasi 2-qismining b bandi bilan kvalifikatsiya qilish mumkin emas. Jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish bilan urish-do'pposlash yoki badanga yengil shikast yetkazish yoxud o'zganing mulkini nobud qilish yoki unga shikast yetkazish o'rtasidagi aloqa bezorilik obyektiv tomonining muqarrar belgisi hisoblanadi. JK 277-moddasining 1-qismida nazarda tutilgan va urish-do'pposlash, badanga yengil shikast yetkazish bilan bog'liq bo'lgan bezorilik urish-do'pposlash yoki badanga yengil shikast yetkazish amalga oshirilgan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. O'zganing mulkiga shikast yetkazish yoki nobud qilish bilan bog'liq bo'lgan jamiyatda yurish-turish qoidalarini buzish ancha miqdorda zarar yetkazish tarzidagi oqibatlar yuz bergan paytdan boshlab tugallangan hisoblanadi. subyektiv tomondan bezorilik to'g'ri qasd bilan sodir etiladi. Aybdor jamoat tartibini buzayotgani, urib-do'pposlayotgani, badanga shikast etkazayotgani yoki o'zganing mulkini nobud qilayotgani yoki unga shikast etkazayotganini anglaydi va bu harakatlarni amalga oshirishni istaydi. Mazkur jinoyatning motivi bezorilik, yani jamiyatga ochiqdan-ochiq hurmatsizlik motivi bo'lib, u o'zini atrofdagilarga g'ayriqonuniy qarshi qo'yishda, o'zining alohida shaxsiyatini namoyon qilishda, dag'al kuchni namoyish etishda aks etadi. Bunda jinoiy harakat qanday predmetga qaratilganligi va u qaysi ijtimoiy munosabatlar tizimida amalga oshirilayotganligi ahamiyatga ega emas. Jamiyatga ochiqdan-ochiq hurmatsizlik deganda, umum etirof etilgan, axloq, hukmron odatlar, an'analar bilan mustahkamlangan xulq-atvor qoidalari va me'yorlarini namoyishkorona mensimaslikni tushunish ...

Joylangan
08 Apr 2023 | 18:51:55
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
273.83 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
28.03.2025 | 20:24
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
08 Apr 2023 [ 18:51 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
273.83 KB
Ko'rishlar soni
179 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
28.03.2025 [ 20:24 ]
Arxiv ichida: pptx