Huquq fanidan dars ishlanma. Fuqarolik ishining sudda ko'rib chiqilishi bosqichlari

Huquq fanidan dars ishlanma. Fuqarolik ishining sudda ko'rib chiqilishi bosqichlari

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Huquq fanidan dars ishlanma. Fuqarolik ishining sudda ko'rib chiqilishi bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Fuqarolik ishining sudda ko'rib chiqilishi bosqichlari 10-sinf Davlat va huquq asoslari fani 19-mavzu Ishning sudda ko'rilishi fuqarolik sudlov jarayoni asosiy bosqichi hisoblanadi, u aksariyat hollarda vujudga kelgan nizoni hal qilish bilan tugallanadi. Birinchi instansiyadagi sudlarda fuqarolik ishlarini sudyaning yakka o'zi ko'rib chiqadi. Ish faktlaridan kelib chiqib, sizga taklif etilganiga qarab sudya, da'vogar, javobgar roliga kirishib ketishga harakat qiling hamda fuqarolik huquqi asoslari bo'yicha olingan bilimlardan foydalangan holda, qonunga muvofiq va mavjud vaziyatni hisobga olib, huquq buzilishini oqilona hal etishga urinib ko'ring. Ishda qatnashayotgan shaxslar quyidagilarga haqli: - ish materiallari bilan tanishish, ulardan ko'chirmalar olish va nusxalar ko'chirish; - ishda qatnashayotgan boshqa shaxslarga savollar bilan murojaat qilish; - sud ishi jarayonida vujudga keladigan barcha masalalar yuzasidan o'z fikrini bildirish; - sud qaroridan norozi bo'lib, shikoyat berish. Da'vo ishida qatnashayotgan taraflar: - jarayonning istalgan bosqichida sud ishini to'xtatish va uni tinch yo'l bilan hal qilishga haqli, lekin javobgarning harakatlari qonunga zid bo'lsa hamda uchinchi shaxslar manfaatlariga daxl etsa, sud ishni to'xtatishga rozi bo'la olmaydi. Sud majlisini o'tkazish tartibi - sudyalar majlislar zaliga kirib kelayotganida kelganlar o'rnidan turadi; sud qarori ham o'rindan turgan holda tinglanadi; - ishda qatnashayotgan shaxslar sudga murojaat qilayotganda va ko'rsatma berayotganda o'rindan turadilar; - zaldagilarning hammasi sud raisi buyruqlarini so'zsiz bajaradi; - har bir guvoh alohida so'roqqa tutiladi, bunda hali so'ralmaganlar ishtirok etmaydi; - raislik qiluvchi fuqarolik sudlov jarayonida qatnashayotganlardan hammaning oldida ovoz chiqarib, quyidagicha qasam qilishini talab qiladi: «Ish yuzasidan o'zim bilgan barcha ma'lumotlarni sudga aytib berishga qasam ichaman. Faqat haqiqatni, bor haqiqatni va tanho haqiqatni aytaman». Sud ishi qatnashchilari - sudga ushbu ish bo'yicha chaqirilganlardan kimlar kelgani hamda boshqalarning kelmaganlik sabablarini aytadi; - sud ishi bayonnomasini yuritadi. Kotib: Sudya (raislik qiluvchi): - ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning huquqlari va burchlarini tushuntiradi; - sudda so'roq qilinayotganlarning shaxsini belgilaydi hamda ko'rgazma berishdan bosh tortganligi uchun javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantiradi (yozma tarzda). Voyaga yetmaganlar bunday javobgarlik haqida ogohlantirilmaydi; - qatnashchilarning (so'roq qilinishidan avval) da'vogar va javobgarga bo'lgan munosabatini (qarindoshlik munosabatlari va hokazo) aniqlaydi; - sud ishi jarayonida vujudga kelgan muammolarni hal qiladi, sud zalida tartib o'rnatadi. - sud tarkibini e'lon qiladi, ishda qatnashayotgan shaxslarga ularning qarshilik bildirish huquqini tushuntiradi; Da'vogar: - buzilgan yoki nizoga sabab bo'lgan huquqlarini himoya qilish uchun ko'rgazmalar beradi. Javobgar: - tushuntirishlar beradi, isbot-dalillar keltiradi, iltimosnomalar taqdim etadi; - shaxsan yoki advokat yordamida o'zining himoya qilish huquqini amalga oshiradi; - sudga qo'shimcha guvohlar chaqirilishini iltimos qilishga haqli. Prokuror: - sud ishi vaqtida vujudga keladigan masalalar bo'yicha xulosa chiqaradi. ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 18.37 MB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirgan san'a: 28.03.2025 | 20:08 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 18.37 MB
Ko'rishlar soni 138 marta
Ko'chirishlar soni 8 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga