Andijon shahar 13-umumta'lim maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Abidova Nafisaning 6-sinflarda Yordamchi so'z turkumlari. Jigar- eng mehnatkash a'zo mavzusida DARS ISHLANMASI Mavzu:Yordamchi so'zlar. (Jigar - eng mehnatkash a'zo) DARS REJASI: tashkiliy qism. Uyga vazifa tahlili . Yangi mavzu bayoni . Mustahkamlash.Sherigimni top usuli Foydali esse usuli . Quvnoq diagrammausuli . Lug'at vaqti . Bilimingizni sinang bo'limi. Uyga vazifa berish. tashkiliy qism Assalom ,jonajon bolajonlarim! Bilimdon,tirishqoq ,mehnatkashlarim. Ta'lim berayin boshlab darsimni, O'rgatay yordamchi so'z turkumini. Uyga vazifa tahlili. Quyidagi gaplarni solishtiring. Ular orasidagi farqli jihatlarni ayting. 1.Ish chappasiga ketgach,Mirolimning tarvuzi qo'ltig'idan tushdi. Bozordan qaytayotgan Anvarning tarvuzi qo'ltig'idan tushib ketdi. 2.O'qituvchimiz darsdan qochganimizni bilsa, to'nini teskari kiyishi tayin. Dovdiragan holatda Ismatjon to'nini teskari kiyib uydan chiqdi. 3.Zumradga shu taxlit o'gay onasi ko'z ochgani bermasdi. Uzoq kasallikdan so'ng bemor ko'zini ochdi. 4.Munisaning akasi uning ayblariga ko'z yumdi. Bemor ayol uzoq azoblardan so'ng bu hayotdan ko'z yumdi. Bog'lovchi Bog'lovchi-Gapning uyushiq bo'laklarini va qo'shma gap tarkibidagi sodda gaplarni o'zaro bog'lash uchun xizmat qiladi. Bog'lovchilar: 1. Teng bog'lovchilar 2.Ergashtiruv bog'lovchilari 1-usul. Sherigimni top o'yini. 2-usul. Foydali esseusuli. 1.Inson a'zolari Olloh tomonida berilgan beminnat ne'mat.Uzoq va sog'lom hayot kechirish uchun tog'ri ovqatlanishning o'rni beqiyos. Yarim tayyor mahsulotlar foydalimi yoki uyda tayyorlangan ovqatlarmi? Mavzu yuzasidan fikrlaringizni esseda bayon eting. 2.Esseda foydalanilgan bog'lovchilarni ajratib ko'rsating. 3-usul.Quvnoq diagrammalar usuli. Berilgan diagramma asosida og'zaki matn yarating .Matnda foydalanilgan yordamchi so'z turkmiga oid so'zlarni qo'llash sababini izohlang. Lug'at vaqti. Quyidagi so'zlarning izohi bilan tanishing. Bilimingizni sinang. Diqqat!! To'g'ri yoki noto'g'ri hukmlarni toping 1.O'zaro tobe munosabatda bo'lgan gap bo'lagi va gaplarni ...

Joylangan
13 Jul 2023 | 19:14:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.48 MB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:10
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
13 Jul 2023 [ 19:14 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.48 MB
Ko'rishlar soni
260 marta
Ko'chirishlar soni
56 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:10 ]
Arxiv ichida: pptx