7-sinf Ona tili fanidan C vitamini. Infografika. Son so'z turkumi dars ishlanma

7-sinf Ona tili fanidan C vitamini. Infografika. Son so'z turkumi dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf Ona tili fanidan C vitamini. Infografika. Son so'z turkumi dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

QASHQADARYO VILOYATI KOSON TUMANI XALQ TA'LIMI BO'LIMIGA QARASHLI 85-UMUMIY O'RTA TA'LIM MAKTABINING ONA TILI VA ADABIYOT FANI O'QITUVCHISI VAKILOVA DILOROMNING 7 - SINF ONA TILI FANIDAN C vitamini. Infografika. Son so'z turkumi MAVZUSIDA BIR SOATLIK OCHIQ DARS ISHLANMASI. Sana: 7- sinf Ona tili Mavzu: C vitamini. Infografika. Son so'z turkumi Darsning maqsadi: a) ta'limiy: Ona tili fanining nazariy va amaliy asoslarini o'rganish jarayonida o'quvchilarda estetik did, estetik ong, ona tilimizga muhabbat, badiiy tafakkur va tasavvurini kamolga yetkazish va barkamol avlod tarbiyasiga zamin yaratish, fe'lning zamon shakllari haqida tushuncha berish. b) tarbiyaviy: Ona tili fani orqali o'quvchilarga DTS asosida dars berish. Shu bilan bir qatorda milliy iftihor, qadriyat sifatida e'tirof etish va uni hurmat qilishga o'rgatish. c) rivojlantiruvchi: O'quvchilarni tafakkur va idrokini kengaytirish, ularni mustaqil fikrlashga o'rgatish. Nutqiy kompetensiya (tinglab tushunish, so'zlash, o'qish, yozish): Berilgan topshiriq, sodda matnlarni tinglab tushuna oladi; Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi: - darslik (lug'atlar), kutubxona hamda media manbalardan zarur ma'lumotlarni izlab topa olish, saqlash. O'zini o'zi rivojlantirish kompetensiyasi: - mustaqil o'qib o'rganish, doimiy ravishda o'z-o'zini jismoniy, ma'naviy rivojlantirish, ijodiylik ko'nikmalarini oshirib borish. Milliy va umummadaniy kompetensiya: - madaniy me'yorlarga va sog'lom turmush tarziga hamda adabiy til me'yorlariga amal qilish. Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi: - guruhlarda hamkorlikda ishlay olish va bunda muomala madaniyatiga ega bo'lish. O'QUV JARAYONINI AMALGA OSHIRISH TEXNOLOGIYASI DARSNING BLOK CHIZMASI: I. tashkiliy qism.O'quvchilar davomati aniqlanadi. Sinfning darsga tayyorgarligi tekshiriladi. Darsda psixologik iqlim yaratish, dars shiori va maqsadini e'lon qilish. O'qituvchi o'quvchilarga darsning oltin qoidasini aytib o'tadi hamda o'quvchilar ushbu darsning oltin qoidalariga amal ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 7.84 MB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 119 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 7.84 MB
Ko'rishlar soni 285 marta
Ko'chirishlar soni 119 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga