8-sinf Ona tili fanidan Inshoga epigraf tanlash mavzusida dars ishlanma

8-sinf Ona tili fanidan Inshoga epigraf tanlash mavzusida dars ishlanma

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
8-sinf Ona tili fanidan Inshoga epigraf tanlash mavzusida dars ishlanma - rasmi

Material tavsifi

Inshoga epigraf tanlash 52-mashq. Jadvalni kuzating. Uning 1-ustunida insho mavzulari, 2-ustunida muayyan mavzularning mazmunini ochib beruvchi fikr (maqol, mashhur bayt) keltirildi. Insho mavzulariga mos keluvchi fikrlarni tanlang va bir-biriga bog'lang. Inshoning mazmuniga mos keluvchi mashhur hikmatli so'z, maqol, ibora yoki badiiy parcha epigraf deyiladi. Bilib oling. Epigraf, odatda, rejadan keyin, insho matnidan oldin, sahifaning o'ng chekkasida yoziladi. Epigraf bo'lgan matndan so'ng (so'roq yoki undov gap bo'lmasa) nuqta qo'yiladi, muallif nomi qavs ichida beriladi. Bilib oling. Inshoda epigraf bo'lishini qat'iy talab deb tushunmaslik kerak, u tamoman ixtiyoriy. Lekin mavzu va ichki mazmunga hamohang keluvchi epigraf tanlash inshoning badiiyligiga xizmat qiladi, insho muallifining mahoratini ko'rsatadi. Bilib oling. 14-topshiriq. Quyidagi insho mavzulariga mos keluvchi epigraflar toping. «O'zbekistonimning ertasi», «Yangi asr orzulari», «O'tkir Hoshimov asarlarini sevib o'qiyman», «Men sevgan adabiy qahramon» mavzularidan biriga epigraf tanlang. 53-mashq Quyidagi so'zlarning ma'nosini lug'atdan topib, lug'at daftaringizga ko'chiring va eslab qoling: epigraf, muxtasar, to'tiyo, emgak, timsol, samimiy, haqqoniy. 54-mashq Savol va topshiriqlar 15-topshiriq. Uyga vazifa «Mehnat», «Vatan», «Ona» mavzularidagi insholar uchun epigraf bo'la oladigan xalq maqollari, hadislardan 5 tadan namuna topib keling. E'TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT! Foydalanilgan adabiyot: Muhammadjon Qodirov, Hamid Ne'matov, Muhabbat Abduraimova, Ra'no Sayfullayeva, Baxtiyor Mengliyev Ona tili. Umumiy o'rta ta'lim maktablarining 8-sinfi uchun darslik. Toshkent. Cho'lpon nomidagi NMIU, 2019 O'zbekiston Respublikasi Xalq Ta'lim Vazirligi Namangan tumani Xalq ta'limi bo'limiga qarashli 37-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Xalilova Naimaning 8-sinf ONA TILI fanidan Inshoga epigraf tanlash mavzusida yozgan DARS ISHLANMASI Namangan tumani Ushbu dars ishlanma umumiy o'rta ta'lim maktabining Ona ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 9.19 MB
Ko'rishlar soni 1201 marta
Ko'chirishlar soni 730 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:22 Arxiv ichida: pptx, docx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx, docx
Fayl hajmi 9.19 MB
Ko'rishlar soni 1201 marta
Ko'chirishlar soni 730 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx, docx
Tepaga