Xorazm viloyati Urganch tumanidagi 6-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Nazarova Nafisaning Ahmad Yassaviy ijodida Hikmatlar asari mavzusidagi ochiq darsi AHMAD YASSAVIY IJODIDA HIKMATLAR ASARI (10-sinflarda Ahmad Yassaviyning hayoti va ijodi yuzasidan ) Aql charxi, ikki qismli kundalik, BB Saboqda foydalaniladigan usullar: Mirzaxalova Feruza Habibullayevna . Ahmad Yassaviy hazratlari turk dunyosining eng mashhur shaxsiyatlaridandir. Farididdin Attor uni «Piri Turkistoniy» («Turkiston piri») deb atagan edi. Buyuk Navoiy «shayxul mashoyix» («shayxlar shayxi») deb nomlaydi. O'z yurtida esa «hazrati sultonim» deydilar. Yassaviyning hayoti va faoliyati haqidagi ma'lumotlar juda oz. Borlari ham rivoyat va afsonalarga qorishib ketgan. Buning ustiga, Yassaviy ijodi O'zbekistonda mustaqillikdan keyingina o'rganilmoqda. Bu borada birinchi manba, tabiiyki, uning «Devoni hikmat» asaridir. Shuningdek, Yassaviy xalifasi Sulaymon Boqirg'oniyning «Hakim ota kitobi», Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat». Fazlulloh Ro'zbehxonning «Mehmonnomayi Buxoro», Xizr ibn Ilyosning «Manoqibi Hoji Bektoshi valiy», Avliyo Chalabiyning «Sayohatnoma», Husomiddin Bulg'oriyning «Tavorixi Bulg'oriya», Haziniyning Javohir ul-abror» kitoblarida ham adib haqida ozmi-ko'pmi ma'lumotlar berilgan. Yassaviy haqidagi ma'lumotlarni birinchi marta to'plab, jiddiy tadqiq qilgan turkiyalik olim Muhammad Fuod Ko'pruluzoda bo'lgan edi. U 1918- yilda «Turk adabiyotida ilk mutasavviflar» degan kitobini e'lon qildi. Abdurauf Fitrat 1927- yilda Yassaviy va uning ijodiy qiyofasi haqida maqola yozdi. 1972- yilda esa prof. E. Rustamovning Ahmad Yassaviy hikmatlarida tarix va hayot sadosi» maqolasi («O'zbek tili va adabiyoti» jurnali 4-5- sonlar) chop etilgach, sho'ro idoralari tomonidan muallif boshiga turli savdolar tushdi. 1991- yildan keyingina uning hikmatlarini va u haqdagi tadqiqotlarni nashr etish keng yo'lga qo'yildi. Hozirda Yassaviy ijodi birgina O'zbekiston yoki Qozog'istondagina emas, jahon turkologlari tomonidan keng miqyosda o'rganilmoqda. Ahmad ...

Joylangan
13 Jul 2023 | 19:14:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
15.43 MB
Ko'rishlar soni
276 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:02
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
13 Jul 2023 [ 19:14 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
15.43 MB
Ko'rishlar soni
276 marta
Ko'chirishlar soni
68 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:02 ]
Arxiv ichida: pptx