10-sinf Adabiyot fanidan dars ishlanma. Abdulla Oripov she'riyati

10-sinf Adabiyot fanidan dars ishlanma. Abdulla Oripov she'riyati

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
10-sinf Adabiyot fanidan dars ishlanma. Abdulla Oripov she'riyati - rasmi

Material tavsifi

QASHQADARYO VILOYATI G'UZOR TUMANIDAGI 68-davlat ixtisoslashtirilgan MAKTAB internatI ONA TILI VA ADABIYOTI O'QITUVCHISI DILRABO BOBOMURODOVANING X sinf, adabiyot fanidan(II chorak) Abdulla Oripov she'riyati MAVZUSIDA TAYYORLAGAN DARS ISHLANMASI 10-sinf Adabiyot II chorak Darsningmavzusi: Abdulla Oripov she'riyati Darsning maqsadi: a)ta'limiy maqsad: o'quvchilarni A.Oripov she'riyati bilan yaqindan tanishtirish; b)tarbiyaviy maqsad: o'quvchilarni Vatanga muhabbat va yaqinlarga hurmat,insoniy tuyg'ularni qadrlash ruhida tarbiyalash; d) rivojlantiruvchi maqsad: o'quvchilarning og'zaki nutqini shakllantirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini o'stirish, she'riyat shaydosiga aylantirish. Darsda foydalaniladigan usullar: O'yla, izla, top! intellektual o'yini, she'rxonlik, Darsda foydalaniladigan jihozlar: kompyuter, televizor,slaydlar, ko'rgazmalar, rangli qog'ozlar, doska va b. Darsning borishi: tashkiliy qism. O'quvchilar bilan salomlashiladi va davlatimiz madhiyasi qo'yib beriladi.So'ngra navbatchi bilan suhbat uyushtiriladi. O'quvchilar darsga tayyorlangach,adabiyot darsi ekanligi eslatiladi. Keyin o'qituvchi o'quvchilarga murojaat qiladi: -Aziz o'quvchilar, tongda bugungu kunimizni davlatimiz madhiyasi bilan boshladik. Aslida bizning har bir tongimiz xuddi shu misralar va ohanglar bilan otadi. Qo'limizni ko'ksimizga qo'yib, ko'nglimizda Vatanimizdan iftixor tuyib, kunimizni boshlaymiz. Ayting-chi, madhiyamiz matni muallifi kim? O'quvchilar javob beradilar (A.Oripov) O'qituvchi A.Oripov haqidagi ma'lumotni qo'yib beradi.Shoirning o'zi aytgan gaplarini ham eshittiradi.Shundan so'ng eshitganlari asosida o'quvchilar savollarga javob beradilar: 1. Abdulla Oripovning bolaligi va yoshligi qayerda, qanday sharoitlarda o'tdi? 2. Ilk she'rlarining yozilish sabablari. 3. Shoir qaysi ijodiy muhitda shakllandi? 4. Abdulla Oripov she'riyatidagi lirik qahramon muammosi deganda nimani tushu nasiz? 5. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, Abdulla Oripov o'zbek she'riyatiga qanday yangiliklar olib kirdi? So'ngra o'quvchilar bilan O'yla, izla, top!-Bilimlar bilog'i-o'yini o'tkaziladi.Slaydlar namoyish qilinadi. 1.Bilimlar bulog'i ni tanlashsa, monitorda fanlar paydo bo'ladi. Keyin bittadan 'quvchi o'ziga monitordagi fanlardan birini tanlaydi. Tanlagan fani bo'yicha ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 210 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 210 KB
Ko'rishlar soni 290 marta
Ko'chirishlar soni 69 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga