Samarqand shahar 30-umumiy o'rta ta'lim maktab ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Davronova F. A. ning ona tili fanidan Dars ishlanmasi Sinf. 10-A Mavzu. Ish qog'ozlari ustida ishlash Darsning borishi: tashkiliy qism. Sinfga kirgach, o'quvchilar bilan salomlashib, navbatchi orqali davomat aniqlanadi. Sinf xonasining tozaligiga e'tibor beriladi. O'quvchilar diqqati darsga jalb qilinadi. Dars shiori e'lon qilinadi: Yo olim bo'l, yo ilm oluvchi bo'l, ularning orasidagi loqayd inson bo'lma. Sinfda do'stona ijodiy muhitni yaratish uchun quyidagi qoidalar ishlab chiqiladi. Faollikka intilish. O'zgalar fikrini hurmat qilish, tinglash, fikr bildirish. Intizomli bo'lish. Vaqtga rioya qilish. Uy ishini tekshirish. Mashq daftarida bajarilgan tavsifnomani tarkibiy qismlarga ajratish hamda berilgan so'zlarning izohini topish topshiriqlari tekshiriladi. Yordam sifatida quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin. (jadval oldindan o'quvchilarga tashlab berilgan). Daftarlar almashtiriladi. Yangi mavzu bayoni. Yangi mavzuni mustaqil tarzda o'rganish iqtidorli o'quvchilarga oldindan topshiriq sifatida berilgan, ya'ni ish qog'ozlarining navbatdagi turlarini o'rganishda davom etamiz. Dastlab o'quvchilarning fikrlari tinglanadi. Qo'shimcha ma'lumotlar beriladi. Kishi o'z fikrini aniq va ravon ifodalashi uchun tildagi uslublardan ham xabardor bo'lishi, kundalik so'zlashuv tilidan tashqari rasmiy-ish yuritish tilini ham bilishi kerak. Chunki oddiy ishchimi, dehqonmi, tadbirkormi yo ziyolimi, baribir, hech bo'lmaganda, ariza, tilxat yoki ishonchnoma yozishiga to'g'ri keladi. Rasmiy uslub 2 ga bo'linadi. Rasmiy uslub Sof qonunchilik uslubi Devonxona uslubi Qonun, farmon, fuqarolik va Buyruq, ariza, talabnoma, jinoiy aktlar , nizomlar uslubi bildirgi , tavsifnoma, tarjimaiy hol, ishonchnoma, ma'lumotnoma, dalolatnoma Ish yuritishning bevosita asosini hujjatlar tashkil qiladi. Ma'lumki, insoniyat tarixida yozma nutqning vujudga kelishi hamda taraqqiy eta borishi asosida eng qadimgi zamonlardan boshlab kishilik jamiyatida insonlarning o'zaro turli-tuman ...

Joylangan
13 Jul 2023 | 19:14:58
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
747.56 KB
Ko'rishlar soni
275 marta
Ko'chirishlar soni
70 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
10.04.2025 | 20:04
Arxiv ichida: docx
Joylangan
13 Jul 2023 [ 19:14 ]
Bo'lim
6-11 Sinf Dars ishlanmalar
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
747.56 KB
Ko'rishlar soni
275 marta
Ko'chirishlar soni
70 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
10.04.2025 [ 20:04 ]
Arxiv ichida: docx