7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Qarluqlar O'g'uzlar Tohiriylar

7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Qarluqlar O'g'uzlar Tohiriylar

O'qituvchilarga / 6-11 Sinf Dars ishlanmalar
7-sinf O'zbekiston tarixi dars ishlanma. Qarluqlar O'g'uzlar Tohiriylar - rasmi

Material tavsifi

Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumani 57-umumta'lim maktabi tarix fani o'qituvchisi Raxmonqulova Dilafruz Zohidovnaning Qarluqlar,O'g'uzlar,Tohiriylar mavzusida ommalashtirish uchun tayyorlagan dars ishlanmasi. Darsning maqsadi 1. Ta'limiy-o'quvchilarda Qarluqlar,O'g'uzlar va Tohiriylar haqida bilimlar hosil qilish. 2. Tarbiyaviy-O'quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. 3. Rivojlantiruvchi- ushbu xalqlarning avlodlari yashayotgan hozirgi hududlarni o'rganish. Qarluqlar-qadimgi Oltoyning g'arbida,so'ngra Irtish daryosining o'rta oqimida yashagan turkiy qabila hisoblangan. VI-VII asrlarda ular Turk xoqonligi tarkibiga kirgan.VII asr o'rtalarida Yettisuv o'lkasida Qarluqlar davlati tashkil topdi. Bu davlatning poytaxti Chu daryosidan shimolroqda joylashgan Suyob shahri edi. Qarluqlqr davlati hukmdori yabg'u yoki jabg'u deb atalgan.X asr o'rtalarida qarluqlarning katta qismi musulmon bo'lgan.Qarluqlar davlati shimol va sharqdan Elsuvi daryosi vodiysigacha,chigil qabilasi yaylovlarigacha ; g'arbdan o'g'o'z yurti va Farg'ona vodiysi; janubda esa yag'molar vohasi va Sharqiy Turkiston bilan chegaralangan. Qarluqlar asosan chetga asosan jun va junli mahsulotlar:gilam,sholcha,namat kabilar olib chiqilgan. X asrda Qarluqlar Shosh atrofi va Farg'ona hamda Zarafshon vodiylariga kelib o'rnashgan. Turk xoqonligi yemirilgach,o'g'uzlarning kattagina qismi Sirdaryo havzasi va Orol dengizi bo'ylarida o'rnashib olganlar. O'g'uzlar IX asr oxiri X asr boshida o'zlarining davlatiga asos soladilar.Sirdaryo quyi oqimi bo'yidagi Yangikent shahri O'g'uzlar davlatining poytaxti bo'lgan.X asrdan boshlab O'g'uzlar Islom dinini qabul qiladilar. X asrning birinchi choragida o'g'uzlar davlati shimoli sharqdan qo'zg'algan qipchoqlar tomonidan berilgan qAQSHatqich zarba natijasida bo'linib ketadilar. O'g'uzlarning bir qismi dashti qipchoqning zarbasidan so'ng o'z yurtini tark etib,Shimoliy Kavkaz dashtlariga borib o'rnashadi. Ularning 2-qismi Movarounnahrga kirib borgach,yangi sulola - Saljuqiylar boshchiligida Old Osiyo davlatlarini istilo qilishga kirishadi. Bu ikki turkiy davlat Movarounnahr,O'rta Sharq va Old Osiyo hududlarida yashovchi xalqlarning etnik tarixiga ta'sir qildi. Masalan,qarluqlar o'zbek va tojiklarning,o'g'uzlar ...


Ochish
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirgan san'a: 10.04.2025 | 20:16 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.31 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 45 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga